Buxoro zavodi ikki baravar koʻp mahsulot chiqaradi: prezidentga nima koʻrsatildi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurib, qiymati 328 mln dollarlik modernizatsiya loyihasi bilan tanishdi. Qayta ishlash quvvati yiliga 2,5 mln tonnadan 5 mln tonnagacha oshadi, zavod Yevro-5 standartidagi AI-92 va AI-95 benzinini koʻproq chiqaradi.

PRO Pul
Фото: Sgroey

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorovulbozor tumanidagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodida boʻlib, uni 328 mln dollarga modernizatsiya qilish loyihasini koʻrdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Yevro-5 ekologik standartidagi yuqori oktanli AI-92 va AI-95 benzinini koʻproq chiqarish uchun zavodda naftani gidrotozalash va izomerizatsiya qilish uskunalari oʻrnatiladi. Xomashyoni fraksiyalarga ajratish va ogʻir qoldiqlarni chuqur qayta ishlash jarayonlari ham yangilanadi.

Zavod hozirgi 2,5 mln tonna oʻrniga yiliga 5 mln tonna xomashyoni qayta ishlay oladi. Bu ichki bozorni taʼminlashni mustahkamlashi va eksportni oshirishi kutilmoqda.

Toʻqqiz oyda korxona 12,1 trln soʻmlik 1,36 mln tonna neft mahsuloti ishlab chiqargan. Mahsulot va xizmatlar eksporti 99,5 mln dollarni tashkil etgan, yil oxirigacha uni 116 mln dollarga yetkazish moʻljallanmoqda. Zavodda 3,2 mingdan ortiq mutaxassis ishlaydi.

Eslatib oʻtamiz, oktabrda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini 2026 yil oxirigacha 65 foizga yuklash rejalashtirilgani xabar qilingan edi.

Ulashish
Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
O‘zbekistonda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini o‘zgartirish taklif etildi PRO Pul Prezident «oʻzbek ishi»ni esladi: u bugungi paxta hosilini nima bilan taqqosladi O‘zbekiston Oʻzbekistonda dronlar uchun yangi qoidalar tayyorlanmoqda: prezident huzurida nima muhokama qilindi O‘zbekiston Istanbul ko‘priklari Mirziyoyev tashrifi munosabati bilan O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi O‘zbekiston