Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasining yangi serverlarga ko‘chirilishi munosabati bilan bir qator elektron xizmatlar va axborot tizimlari faoliyati vaqtincha cheklanishi haqida ma’lum qildi.
Ishlar joriy yilning 30-noyabr soat 00:00 dan 2-dekabr soat 06:00 gacha olib boriladi.
Ushbu davrda quyidagi xizmatlarda uzilishlar yuzaga kelishi mumkin:
-
Munis tizimi va boshqa elektron to‘lov tizimlari orqali soliqlarni to‘lash,
-
fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasiga pul o‘tkazish,
-
“Quyoshli uy” xizmatidan foydalanish,
-
soliq deklaratsiyalarini topshirish,
-
korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish jarayonlari,
-
elektron murojaatlarni yuborish,
-
boshqa elektron xizmatlar.
Soliq qo‘mitasi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiradi.