Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasi 20 yanvardan 6 martgacha Airbus A320 samolyotlarida bajariladigan qator reyslar bekor qilinganini ma’lum qildi. Yechim “ishlab chiqarish zaruriyati” bilan izohlanadi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bekor qilindi:
-
HH18, Samarqand – Toshkent (22-yanvardan 5-martgacha);
-
HH701/702, Toshkent – Moskva (Domodedovo) – Toshkent (25-yanvardan 1-martgacha);
-
HH703/704, Farg‘ona – Moskva (Domodedovo) – Farg‘ona (24-yanvardan 28-fevralgacha);
-
HH705/706, Namangan – Moskva (Domodedovo) – Namangan (21-yanvardan 3-martgacha);
-
HH707/708, Toshkent – Moskva (Domodedovo) – Toshkent (20-martdan 4-martgacha);
-
HH709/710, Buxoro – Moskva (Domodedovo) – Buxoro (25-yanvardan 1-martgacha);
-
HH712, Moskva (Domodedovo) – Samarqand (20-yanvardan 3-martgacha);
-
HH715/716, Toshkent – Moskva (Domodedovo) – Toshkent (20-yanvardan 3-martgacha);
-
HH717/718, Toshkent – Moskva (Domodedovo) – Toshkent (22-yanvardan 6-martgacha);
-
HH741/742, Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand (21-yanvardan 5-martgacha);
-
HH743/744, Namangan – Sankt-Peterburg – Namangan (21-yanvardan 4-martgacha).
Parvozlari bekor qilingan yo‘lovchilarga aviachiptalar uchun pulni qaytarish yoki uchish sanalarini o‘zgartirish taklif etiladi.