Oʻzbekiston dunyoning 198 mamlakati bilan savdo aloqalarini faol rivojlantirmoqda. Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda respublikaning asosiy savdo hamkorlari:
-
Xitoy – tashqi savdo hajmi 12,5 mlrd AQSH dollari, Xitoy yetakchi oʻrinni egalladi.
-
Rossiya – 11,6 mlrd dollar natija bilan.
-
Qozogʻiston – savdo hajmi 4,3 milliard dollarni tashkil etdi.
-
Turkiya – 2,9 mlrd dollar.
-
Koreya Respublikasi – 2 mlrd dollar.
-
Germaniya – 1,2 mlrd dollar.
-
Turkmaniston – 1,1 mlrd dollar.
-
Afgʻoniston – 1,1 mlrd dollar.
-
Fransiya – 1,1 mlrd dollar.
-
Hindiston – 980 mln dollar.
Ushbu koʻrsatkichlar Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini diversifikatsiya qilish va uning jahon savdosidagi taʼsiri ortib borayotganidan dalolat beradi.