Oʻzbekiston terma jamoasi 7–14-fevral kunlari Xarbinda (Xitoy) boʻlib oʻtadigan IX qishki Osiyo oʻyinlarida ishtirok etadi. Joriy yilda milliy delegatsiya mamlakatning ushbu musobaqalardagi ishtiroki tarixidagi eng koʻp sonli delegatsiya boʻladi — 24 nafar sportchi oltita sport turi boʻyicha Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.
Oʻzbekistonlik sportchilar quyidagi yoʻnalishlarda bellashadi:
-
Qisqa trek: Daniyel Yeybog, Denis Ayrapetyans
-
Konkida uchish sporti: Danila Semerikov
-
Togʻ-changʻi sporti: Medet Nazarov, Arman Gayupov, Nikita Gorkovskiy, Sabina Rejepova, Valeriya Kovaleva, Kseniya Grigoreva, Mariya Morozova
-
Mohinur Aralova, Feruza Boboqulova, Eʼzoza Shaymardanova, Asil Shoyimova, Jasur Shamsiddinov, Maqsudxon Akobirov, Shohruh Sardorov, Eʼzozbek Xushvaqtov
-
Figurali uchish: Yekaterina Geynish, Dmitriy Chigʻirev, Niginabonu Jamoliddinova, Sevinch Rahimova
-
Biatlon: Rolan Raimqulov, Dilmurod Abdurahmonov
Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 7-fevral kuni boʻlib oʻtadi va shu kuni oʻzbekistonlik sportchilar startga chiqadi.