Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov prezident administratsiyasida (PA) shtatlar qisqartirilishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Sherzod Asadovning soʻzlariga koʻra, shtatlarni optimallashtirish barcha darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida – Prezident Administratsiyasidan tortib quyi idoralargacha doimiy jarayon hisoblanadi.

“Bundan koʻzlangan asosiy maqsad — bir-birini takrorlovchi funksiyalarni qisqartirish, davlat boshqaruvi tizimi va davlat xizmatchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, barcha idoralarda b yudjet mablagʻlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni taʼminlash”, — dedi u.

Matbuot kotibi OAV, blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan ushbu mavzuga oid maʼlumotlarni tarqatishda faqat rasmiy manbalarga tayanishlarini soʻradi.