Tailandning Pxitsanulok shahrida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha kattalar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Osiyo chempionatida Oʻzbekiston vakillari 4 ta medal – 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Oltin:
-
Aralash estafeta (U18);
-
Samira Ismoilova (U18, individual vaqt poygasi);
-
Yanina Kuskova (kattalar oʻrtasida, individual vaqt poygasi).
Bronza:
-
Asal Rizayeva (U23, individual vaqt poygasi).