Statistika agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari Bekzod Hamroyev rahbarlik qildi.

Regulyatorda unga pul-kredit siyosati, monetar operatsiyalar, statistika va tadqiqotlar yo‘nalishlari bo‘yicha ishlarni nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.

Hamroyev Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini Iqtisodiyot vazirligida boshlab, 2008-yildan buyon Markaziy bank tizimida ishlab kelmoqda.

Bahodir Begalov yanvar oyida agentlik rahbari lavozimini tark etgan, biroq bu haqda rasmiy xabar berilmagan.

2017-yil may oyidan Begalov Davlat statistika qo‘mitasi raisi, 2022-yil dekabridan esa qayta tashkil etilgan Statistika agentligi direktori lavozimida ishlagan. 56 yoshli amaldor Toshkent moliya instituti rektori ham bo‘lgan.