5-mart kuni sinoptiklar O‘zbekistonning oltita hududida qor ko‘chishi xavfi borligini ma’lum qildi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi munosabati bilan 6-11 mart kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi:

  • Toshkent viloyati bo‘yicha: Ohangaron, Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida (Chotqol tog‘ tizmasi);

  • Namangan viloyati: Pop tumanida;

  • Qashqadaryo viloyati bo‘yicha: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

  • Samarqand viloyati bo‘yicha: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

  • Surxondaryo viloyati bo‘yicha: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida.