Qamchiq dovoni kuchli qor yog‘ishi sababli vaqtincha yopildi. Bu haqda YHXX xabar berdi.

7-mart kuni soat 15:00 dan boshlab A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismi transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopildi.

Maxsus texnika yordamida yo‘lni qordan tozalash ishlari olib borilmoqda.