18 mart kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Prognozni O‘zgidromet taqdim etdi.

Harorat kechasi +5…+14 daraja, kunduzi +20…+29 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 8-10, kunduzi 23-25 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.