2025-yilda Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston fuqarolari ketma-ket uch kun dam oladi. Taqvim Adliya vazirligi tomonidan taqdim etildi.

Navro‘z bayrami munosabati bilan quyidagilar dam olish kunlari hisoblanadi:

  • 21-mart (juma) – Navro‘z bayrami – barcha uchun dam olish kuni;

  • 22 mart (shanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;

  • 23-mart (yakshanba) – dam olish kuni.

Byudjet tashkilotlari xodimlari 20-mart kuni ishdan bir soat oldin ketishlari mumkin.