Toshkentda Navro‘z bayrami munosabati bilan oziq-ovqat bozorlarida chegirmali bayram yarmarkalari ochiladi. Poytaxt hokimligi tomonidan yarmarkalar manzillari taqdim etildi.
Hokimliklar tashabbusi bilan 100 turdan ortiq sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini hamyonbop narxlarda sotish yo‘lga qo‘yildi. Aholini yarmarkalarga tashrif buyurish va quyidagi bozorlarda yangi, sifatli mahsulotlarni raqobatbardosh narxlarda xarid qilish taklif etildi:
-
Bektemir tumani – “Qo‘yliq dehqon bozori” AJ;
-
Mirobod tumani – “Mirobod dehqon bozori” AJ;
-
Mirzo Ulug‘bek tumani – “Navro‘z dehqon bozori” AJ;
-
Sergeli tumani – “Sergeli dehqon bozori” AJ;
-
Olmazor tumani – “Qora Qamish dehqon bozori” AJ;
-
Uchtepa tumani – “Farhod dehqon bozori” AJ;
-
Shayxontoxur tumani – “Eski Juva dehqon bozori” AJ;
-
Yashnobod tumani – “Aviasozlar dehqon bozori” AJ;
-
Yunusobod tumani – “Yunusobod dehqon bozori” AJ va “Oloy dehqon bozori” AJ;
-
Yakkasaroy tumani – “Askiya dehqon bozori” AJ;
-
Chilonzor tumani – “Chilonzor dehqon bozori” AJ.