24-mart kuni Oʻzbekistonda yogʻingarchilik va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Togʻlarda 20-24-mart kunlari togʻlarda qor koʻchishi xavfi eʼlon qilindi. Prognozni Oʻzgidromet taqdim etdi.
Harorat kechasi +5…+15 daraja, kunduzi +10…+20 daraja atrofida boʻladi.
Toshkentda yomgʻir. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Togʻli hududlarda yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baland togʻlarda qorga aylanish ehtimoli bor. Qor koʻchishi xavfi bor. Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.