Oʻzbekistonda joriy ish haftasi beqaror ob-havo bilan oʻtadi. “Oʻzgidromet” haftalik prognozni eʼlon qildi.
24-martda respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Oʻzbekiston hududi boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi, faqat 26-28-mart kunlari Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Harorat foni shu kunlarda asta-sekin pasayadi va kechalari 4-6 daraja iliqni, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqni tashkil etadi. Togʻ oldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin), 24-25-martda baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, 24-25-mart kunlari qor koʻchishi xavfi bor.