Qoraqalpogʻistondagi gaz quyish shoxobchalarida 2,9 mlrd soʻmlik gaz talon-toroj qilindi. Energetika vazirligi holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.
Korxonaning Qoraoʻzak tumanidagi mansabdor shaxslari hisoblagichlarni “burab qoʻyib”, 2,9 mlrd soʻmlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda koʻp miqdorda oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov jarayonida AGTKS egalari yetkazilgan zararni toʻliq qoplab berishdi.