Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionati saralash bosqichida Eron bilan durang oʻynadi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida Hojimat Erkinov hisobni ochdi. 48-daqiqada Fayzullayev jarima zarbasidan toʻpni oshirdi, toʻp rikoshetdan soʻng Eshmurodovga qaytdi, u yaqin masofadan zarba berdi. Biroq hakam ofsaydni qayd etdi.

52-daqiqada Mehdi Taremi Oʻzbekiston darvozasiga gol urgan boʻlsa, bir daqiqadan soʻng Abbos Fayzullayev darvozaning uzoq burchagiga aniq zarba yoʻlladi. 83-daqiqada Mehdi Taremi dublni rasmiylashtirib, hisobni tenglashtirdi.

Oʻzbekiston terma jamoasida 17 ochko, Eronda esa 20 ochko bor. Saralash bosqichi yakuniga qadar Oʻzbekiston yana ikkita oʻyin oʻtkazishi kerak: 5-iyun kuni BAAga qarshi safarda va 10-iyun kuni Qatarga qarshi uyda.

Oʻyinlar natijasiga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi muddatidan oldin mundialga chiqa olmadi. Jamoa 5-iyun kungi oʻyinda BAA bilan durang oʻynashi yoki gʻalaba qozonishi kerak.