28-mart kuni Oʻzbekistonda sovuq kuchayadi, ayrim hududlarda yomgʻir yogʻadi. Prognozni Oʻzgidromet taqdim etdi.

Harorat kechasi 0-7 daraja iliq atrofida, kunduzi 10-17 daraja iliq atrofida saqlanib turadi.

Toshkentda vaqti-vaqti bilan biroz yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir va qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Toshkent viloyatining togʻli hududlarida 2000 m dan yuqorida qor koʻchishi xavfi bor. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.