Toshkentda 30-mart kuni soat 00:00 dan 7:30 gacha masjidlar yaqinidagi yoʻllar yopiladi. IIBB lokatsiyalar haqida xabar bermoqda.
Poytaxtdagi 124 ta masjidda hayit namozi oʻqiladi. Quyidagi koʻcha va yoʻllarda transport harakati toʻxtatiladi:
Mirzo Ulugʻbek tumani:
-
“Toʻra buva” masjidi: Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi – Shoʻrtepa koʻchasidan Sultoniya koʻchasigacha.
Bektemir tumani:
-
“Xuton” masjidi: Bektemir shoh koʻchasi – Husayn Boyqaro koʻchasidan Bektemir yoʻli koʻchasigacha.
Olmazor tumani:
-
“Islomobod” masjidi: KHAY – Sagʻbon koʻchasi bilan kesishmasidan Nurafshon va Sagʻbon koʻchalari chorrahasigacha;
-
“Hazrati imom” masjidi: Qorasaroy koʻchasi – Nurafshon koʻchasi kesishmasidan Abdulla Qodiriy koʻchasi kesishmasigacha;
-
“Doʻstjonboy” masjidi: Sagʻbon va Sagʻbon 12-tor koʻchalari chorrahasidan Keles yoʻli va Naraztepa koʻchalarigacha.
Shayxontohur tumani:
-
“Shayx Zayniddin” masjidi: Koʻkcha darvoza koʻchasi – Nurafshon koʻchasi kesishmasidan Beshqayragʻoch koʻchasi kesishmasigacha;
-
“Xoʻja Alambardor” masjidi: Bunyodkor shohkoʻchasi – Kamolon koʻchasi bilan kesishmasidan Ustazoda 2-tor koʻchasi bilan kesishmasigacha;
-
“Koʻh ota” masjidi: Sebzor koʻchasi – Nurafshon koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Nurafshon-Labzak koʻchalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
-
“Ubay ibn Kaʼb” masjidi: Al Xorazmiy koʻchasi – Xirmontepa koʻchasi kesishmasidan Katta qani koʻchasi kesishmasigacha;
-
“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi: Sugʻalli ota koʻchasi – Al-Xorazmiy koʻchasi bilan kesishmasidan Xonobod 2-berk koʻchasi bilan Sugʻalli ota koʻchasi kesishmasigacha;
-
“Novza” masjidi: Bunyodkor shohkoʻchasi – Muqimiy koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Oliy Majlis binosi roʻparasidagi yoʻlgacha.
Uchtepa tumani:
-
“Abdulloh ibn Maʼsud” masjidi: Lutfiy koʻchasi – Xirmontepa koʻchasi bilan kesishmasidan Katta qoni-Lutfiy koʻchalari kesishmasigacha;
-
“Hazrati Ali” masjidi: Nazarbek koʻchasi – Mahorat koʻchasi kesishmasidan Zamaxshariy 1-tor koʻchasi kesishmasigacha.
Yunusobod tumani:
-
“Minor” masjidi: KHAY – Koʻrgazma koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Sh.Rashidov shohkoʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;
-
“Mirzo Yusuf” masjidi: Bogʻishamol koʻchasi – Shivli koʻchasi kesishmasigacha.
Yakkasaroy tumani:
-
“Usmon bin Maʼzun” masjidi: KHAY – Qushbegi koʻchasi chorrahasidan Toshkentning Fayzli koʻchasi chorrahasigacha.
Sergeli tumani:
-
“Nurul Islom” masjidi: Toshkent KHAY va Fayzli koʻchalari chorrahasidan KHAY va Qumariq koʻchalari kesishmasigacha.
Yashnobod tumani:
-
“Islom ota” masjidi: Fargʻona yoʻli koʻchasi – Fitrat koʻchasi kesishmasidan Tolimarjon koʻchasi kesishmasigacha.
Mirobod tumani:
-
“Qoʻyliq ota” masjidi: THAY – “Qoʻyliq” bozori koʻprigidan THAY va Munis koʻchalari kesishmasigacha.
Masjidlarga tutash boshqa koʻchalarda ham transport harakati cheklanadi.