Shavkat Mirziyoyev 2-aprel kuni kechqurun Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazdi.

Yevropa Ittifoqining oliy martabali vakili bugun ertalab Oʻzbekistonga keldi va Buxoro shahriga tashrif buyurib, xalqimizning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Boʻlajak Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.