FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi, unda Oʻzbekiston 57-oʻrinni egalladi.

2024-yilning dekabr oyiga nisbatan mamlakat bir pogʻonaga koʻtarildi. Oʻzbekiston terma jamoasi Markaziy Osiyodagi eng kuchli jamoa boʻlib qolmoqda:

  • Oʻzbekiston – 57-oʻrin;

  • Qirgʻiziston – 103-oʻrin;

  • Tojikiston – 104-oʻrin;

  • Qozogʻiston – 113-oʻrin;

  • Turkmaniston – 142-oʻrin.

Qayd etish joiz, reyting 210ta terma jamoadan iborat. Uni Argentina boshqarib, San-Marino yakunlamoqda.