Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. 4-aprel va 5-aprel kunlari kechga tomon baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. “Oʻzgidromet” dam olish kunlari uchun prognoz bilan boʻlishdi.

Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida 4-aprelda kunduzi baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin, ertaga 5-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 6-aprelda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

4-6-aprel kunlari harorat foni ancha yuqori boʻladi. Kunduz kunlari havo 23-28 darajagacha, baʼzi joylarda 30 darajagacha isiydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda bugun kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi, 4-aprel kuni kechga tomon va 5-aprel kuni ertalab vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 5-aprel kuni kunduzi biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 6-aprel kuni kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 4-aprelda kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-aprelda 28-30 daraja, 5-6-aprelda 23-26 daraja boʻladi. Kechasi 12-15 daraja iliq boʻladi.