Zaynilobiddin Nizomiddinov Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
U bu lavozimda 2023-yil dekabr oyidan buyon ishlab kelgan Shuhrat Dusbekov oʻrnini egalladi.
Zaynilobiddin Nizomiddinov 2018-2022-yillarda Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari boʻlgan. Keyinchalik u Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimini egalladi.