Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov poytaxtning ikkita tumaniga yoʻllarni taʼmirlash uchun yana 8 mlrd soʻm ajratadi.

Shahar hokimining qarori bilan Mirzo Ulugʻbek tumani obodonlashtirish bosh boshqarmasiga 4 mlrd 233,7 mln soʻm, Bektemir tumani obodonlashtirish bosh boshqarmasiga 3 mlrd 800 mln soʻm mablagʻ ajratiladi.

Mablagʻlarni poytaxt hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajrataman.