Toshkentda “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi yaqinida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Shahar hokimligi yoʻl xaritasini eʼlon qildi.

13-aprel kuni poytaxtimizda VII Toshkent xalqaro marafoni va “Inson qadri uchun” xayriya yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Shu munosabat bilan 13-aprel kuni soat 00:00 dan 16:00 ga qadar Yangi Oʻzbekiston koʻchasi va unga tutash koʻchalarda avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.