Ichki ishlar vaziri Aziz Anvarovich Toshpoʻlatov Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi.

Bu haqdagi qaror tashkilotning Ichki ishlar vazirligi akademiyasida boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari konferensiyasida qabul qilindi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan ichki ishlar vazirining voleybol boʻyicha kubogi musobaqalariga start berildi.