Oʻzbekistonda harbiy xizmatchilarga uy-joy ijarasi uchun kompensatsiya miqdori oshirildi. Adliya vazirligi qaror matnini keltiradi.
Hujjatga koʻra, kompensatsiya miqdori quyidagicha oʻzgargan:
-
Toshkent shahrida — BHMning 4,8 baravarigacha;
-
Nukus shahri va tuman markazlarida — BHMning 3,6 baravarigacha;
-
respublikaning qolgan shaharlari, tuman markazlari va shaharchalarida — BHMning 2 baravarigacha.
1-iyundan boshlab 10 yildan ortiq muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va ipoteka krediti taqsimoti koʻrsatkichlaridan kelib chiqib uy-joy beriladigan harbiy xizmatchilar uchun uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti olishda boshlangʻich badal miqdori uy-joy hisoblangan qiymatining 35 foizi miqdorida belgilandi.
Ilgari bu miqdor barcha uchun 25 foiz edi. Halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va nogironligi boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolariga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida uy-joy berilganda kreditning qaytarilmagan summasi va hisoblangan foizlar toʻliq davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.