Andijonda “Andijon qamoqxonasi” deb nomlanuvchi 3-sonli tergov hibsxonasi shahar markazidan chekkaga ko‘chiriladi. Bu taklif Andijon viloyatini har tomonlama rivojlantirish vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirildi.
Davlatimiz rahbarining soʻzlariga koʻra, shahar kundan-kunga chiroy ochib borayotgan bir paytda, 100 yil avval qurilgan bunday “sovuq” binoning aynan markazda boʻlishi notoʻgʻri.
Shu munosabat bilan mazkur inshootni shahar chekkasiga ko‘chirish, uning o‘rnida zamonaviy savdo, ko‘ngilochar va xizmat ko‘rsatish markazi qurishga qaror qilindi.