Leapmotor O‘zbekistonda o‘z faoliyatini faqat rasmiy distribyutor orqali davom ettirishini ma’lum qildi. Xat tafsilotlari Texnik jihatdan tartibga solish agentligi qoshidagi UzTest markazi tomonidan e’lon qilingan.
Leapmotor avtomobillarini olib kirish taqiqlanib, keyin yana ruxsat berilgach, Xitoy kompaniyasi O‘zbekiston rasmiy tuzilmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ya boshladi. 13-aprel kuni kompaniya Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va UzTest markaziga xat yubordi.
Xatda kompaniya rasmiy distribyutorsiz C16 rusumli rusumli avtomobil O‘zbekistonga olib kirilayotgani faktini tan olgan va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rishga tayyorligini bildirgan.
Xatga ko’ra, Leapmotor quyidagilarni tasdiqladi:
- O‘zbekistondagi faoliyat faqat rasmiy distribyutor orqali amalga oshiriladi;
- norasmiy import qilingan avtotransport vositalari kompaniya tomonidan tan olinmaydi va rasmiy kafolat va servis xizmatidan foydalanmaydi;
- Yaqin 14 kun ichida “Leapmotor” zavodida UzTest mutaxassislari ishtirokida texnik audit o‘tkaziladi. Tashrif doirasida yangi B10EV va B10EREV modellari bo‘yicha sinov hisobotlari taqdimotlari, shuningdek, laboratoriyalarga ekskursiya o‘tkaziladi.
Avtomobil turini tasdiqlash sertifikatini (OTTC) olish tartibi imkon qadar qisqa vaqt ichida yakunlanadi. Kelgusida sifat nazoratini kuchaytirish maqsadida UzTest bilan keng ko‘lamli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.