AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning sobiq rahbari Jo Baydenni iqtisod bo‘yicha so‘nggi qarorlari uchun tanqid qilganiga javob qaytardi.
Jo Bayden lavozimidan ketganidan keyin birinchi marta ommaviy nutq so’zladi . U Trampni xizmat xodimlari sonini katta qisqartirgani uchun tanqid qilib, ular millionlab amerikaliklar uchun xavf tug‘dirishini aytdi.
Uyquchi Bayden AQSh tarixidagi eng yomon prezident, deb yozdi Tramp Truth ijtimoiy tarmog’ida.
Uning soʻzlariga koʻra, Bayden davrida AQSHga kirgan jinoyatchilar — “qotillar, giyohvand moddalar sotuvchilari, qamoqxonalar va ruhiy kasalxonalarning sobiq mahbuslari” — “notoʻgʻri oʻylab topilgan ochiq chegaradan” foydalangan.
“Mening vazifam bu qotillar va bezorilarni bu yerdan olib chiqish”, deb qo‘shimcha qildi respublikachi.