19 aprel kuni kunduzi ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ob-havo maʼlumoti Oʻzgidromet tomonidan eʼlon qilindi .
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14–19°.
Toshkentda kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 3–8 m/s. Harorat 15–17°. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim tumanlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sel oqimlari bo’lishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7–12°.