Burger King yaqin oylarda O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaydi. Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi “International Beverages Tashkent” korxonasi asoschisi Shuhrat Ergashev erishilgan yutuqlar bilan o‘rtoqlashdi.
Kompaniya mamlakatda Burger King brendi restoranlarini ochish uchun litsenziya oldi.
10 yil oldin biz Burger King va McDonald’s ortidan yugurib, O’zbekistonga kelishlarini so’ragandik. Bugun ular bilan kelishuvga erishdik. O‘zbekiston uchun litsenziya oldi. Yaqin ikki-uch oy ichida bizda Burger King kabi kompaniyalar ochiladi.
Bu nafaqat Toshkentga tegishli. Ular bizga Toshkentda markaziy ofis ochishni va butun Markaziy Osiyo uchun litsenziya berishni taklif qilishdi”, — dedi tadbirkor.
Shuhrat Ergashevning ta’kidlashicha, ko’plab xorijiy investorlar uchun Burger King va McDonald’sning bozorda mavjudligi investitsiya qarorini qabul qilish uchun «muhim ijobiy signal» hisoblanadi. Shavkat Mirziyoyev tadbirkor faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.