O‘zbekistonda 21-25-aprel kunlari havo quruq bo‘lishi, faqat ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. O‘zgidromet haftalik prognozi bilan o‘rtoqlashdi.

21 va 22-aprel kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 23 aprel kuni faqat Farg‘ona vodiysi hududlarida qisqa muddatli momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

24–25 aprel kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Mamlakatda kuzatilgan qisqa muddatli sovuq havo o’rnini issiq havoga bo’shata boshlaydi. 21 kunduzi havo harorati respublika boʻylab 20–25°, ish haftasi oxiriga kelib 25–30°, shimoliy, janubiy va choʻl zonalarida 31–33° gacha.

24–25-aprelda baʼzi hududlarda engildan moʻtadilgacha shamol esadi, tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 21—22-aprel kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi mumkin.

Toshkentda 21-aprel kuni kechqurun va 22-da kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 21–24°. 23–25 aprel kunlari yogʻingarchilik boʻlmaydi. Haroratning 25-28 ° gacha ko’tarilishi. Kechasi 12–15° iliq boʻladi. Sharqdan 3–8 m/s tezlikda shamol esadi.