1-sentyabrga qadar O‘zbekistonda “Haj va umra bo‘yicha yagona portal” ishlab chiqiladi. Tegishli qaror Prezident tomonidan imzolandi.
Portal bilan birga mobil ilova ham ishlab chiqiladi. Ushbu chora-tadbirlar ibodat xizmatlari, diniy marosimlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, Haj va Umra ziyoratlariga borish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish jarayonida ortiqcha byurokratik tartiblarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Haj ziyoratiga ketayotganlar uchun yagona elektron navbat, Umra ziyoratiga boradigan ziyoratchilarning elektron ro‘yxati ham joriy etiladi. Haj va Umra tadbirlari boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash jarayonlari onlayn rejimiga oʻtkaziladi.