23-aprel kuni Toshkent shahri aholisi ob-havoning yomonlashishi va kuchli shamol haqida zudlik bilan ogohlantirildi. Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi matbuot xizmati hushyorlikka chaqirdi.

Poytaxt aholisi va mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rish, avtomashinalarni daraxtlar va temir konstruksiyalar ostida qoldirmaslik, shuningdek, eshik va derazalarni yopish, kichik bolalarni qarovsiz qoldirmaslik so‘ralgan.

Mutaxassislarning eslatishicha, ob-havo sharoitining yomonlashishi, xususan, kuchli shamol va yomg‘ir sabab favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, aholi Toshkent hokimligining tegishli xizmatlariga (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin.