Toshkentda Do‘rmon yo‘li va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida YPX xodimi urib yuborildi. Poytaxt IIBB voqea tafsilotlarini ma’lum qildi.
YTH 23-aprel kuni ertalab sodir bo‘lgan. Hodisa vaqtida inspektor tirband chorrahada harakatni tartibga solib, tirbandlik darajasini pasaytirishga harakat qilgan. Uchinchi yoki to‘rtinchi bo‘lakda harakatlanayotgan haydovchi xodimga e’tibor bermay, uni urib yuborgan.
Serjant zudlik bilan tibbiy muassasaga yetkazildi. Shifokorlar unda tananing o‘ng va chap tomonlarida ko‘plab shilinmalar, chap o‘mrov suyagining ko‘plab sinishlari, chap tizza va oyoq sohasidagi yumshoq to‘qimalarning lat yeyishi tashxisini qo‘yishgan.
Harakatni tartibga solish uchun chorraha markazidagi qulay joyni tanladim. Avtomobil uchinchi yoki to‘rtinchi bo‘lakdan kelayotganini bilolmay qoldim. Meni mashina urib ketdi. Yonimda Milliy gvardiyadagi hamkasblarim bor edi, ular darhol birinchi yordamni ko‘rsatishdi. Keyin davolanish uchun eng yaxshi shifoxonalardan biriga olib borishdi,» – deydi jabrlanuvchi.