AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston, shuningdek, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning 131 nafar fuqarosini deportatsiya qilish bo‘yicha reysni tashkil etishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda organ bayonotida aytiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, deportatsiya operatsiyasi O‘zbekiston tomonidan to‘liq moliyalashtirilgan. Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, bu qadam ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik sohasida yaqin hamkorlikni namoyish etadi va AQSH ittifoqchilari uchun standartni belgilaydi.
Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemning aytishicha, Amerika tomoni “umumiy xavfsizlikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarda” O‘zbekiston bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida.