Sinoptiklar O‘zbekistonda dam olish kunlari issiq bo‘lishini va yog‘ingarchilik bo‘lmasligini prognoz qilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
2-mayda O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 29-32 daraja issiq atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 33-35 daraja issiqqacha bo‘ladi.
3 va 4-may kunlari mamlakatning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo haroratining ko‘tarilishi davom etadi, kunduz kunlari havo 33-35 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 37-39 darajagacha isiydi. Bunday harorat may oyining boshiga qaraganda yoz mavsumi uchun ko‘proq xosdir. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda 2-4-may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 29-31 daraja, shanba va yakshanba kunlari 32-35 daraja bo‘ladi.