Namangan shahri hokimi noqonuniy o‘rnatilgan radarlar bilan haydovchilarni jarimaga tortishni to‘xtatishni talab qildi

Toshkent havo ifloslanishi eng yuqori boʻlgan shaharlar orasida birinchi oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston poytaxti atmosferasida PM2.5 zararli moddalarining konsentratsiyasi ruxsat etilgan meʼyordan 36,8 baravar oshdi.
Xitoyda oʻzbekistonliklar uchun vizasiz rejim aprel oyidayoq amal qila boshlashi mumkin. Shu munosabat bilan Uzbekistan Airways Toshkentdan Shenchjenga va Fargʻonadan Urumchiga yangi reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.
Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida Uzbekistan Airways Yevropaga barcha reyslarni Rossiya orqali emas, balki janubiy yoʻnalish boʻyicha — Ozarbayjon va Turkiya orqali amalga oshira boshladi. Aviakompaniyaning aniqlik kiritishicha, yoʻnalishning oʻzgarishi Rossiya hududida urib tushirilgan Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi bilan bogʻliq emas.
Qozogʻistonning Oʻzbekiston bilan chegarasida “Qoplonbek” va “Navoiy” yangi oʻtkazish punktlari ochildi. Bu “Gʻishtkoʻprik” yopilishi bilan bogʻliq. Jismoniy shaxslarni oʻtkazish qobiliyati kuniga 20 mingtaga, avtotransport vositalarini oʻtkazish qobiliyati esa 800 taga yetishi kutilmoqda.
Mirzanozim Doʻsmuratov “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bungacha Doʻsmuratov “Oʻzfarmsanoat”da ishlab, Professional boks federatsiyasi raisi boʻlgan.
Joriy yil yakuniga qadar Oʻzbekistonning yashil energetikasi ulushini 26 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun mamlakatda 16 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi.
“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi milliy aviakompaniya oʻzbek tiliga urgʻu berishi kerak, deb hisoblaydi. Uning fikricha, uch tildan foydalanish xodimlarga ortiqcha yuk boʻlib, xavfsizlik boʻyicha yoʻriqnomalarda oʻzbek tilini eʼtiborsiz qoldirish xato hisoblanadi.
Yil davomida banklarning depozit portfeli 27,7 foizga oʻsib, 308,7 trln soʻmga yetdi. Asosiy oʻsishni aholi ulushi taʼminladi, bu koʻrsatkich umumiy hajmning 39,7 foizini tashkil etdi. “Oʻzmilliybank”, “Kapitalban”, va “Ipoteka bank” depozitlar boʻyicha yetakchilar boʻlib qolmoqda.
Xalq Nazorati xizmati shaharning asosiy muammolari boʻyicha fuqarolarning murojaatlarini yigʻishda davom etmoqda. Shikoyatlarning aksariyati kommunal xizmatlar va yoʻllarning holatiga tegishli. Uchtepa tumani masalalarni yechish samaradorligi boʻyicha yetakchiga aylandi, Shayxontohur esa autsayderga.
Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Kosta Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasida 2025-yilda sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash rejalarini maʼlum qildi. YI prezidenti Samarqandda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammitiga tayyorgarlik koʻrilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Toshkent dunyoning boshqa yirik shaharlarini ortda qoldirib, havoning ifloslanishi boʻyicha yetakchiga aylandi. Xavfsiz meʼyorlardan yuqori ifloslanish darajasi shahar aholisining sogʻligʻiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Mutaxassislar aholining zaif qatlamlari uchun jiddiy xavf-xatarlar haqida ogohlantiradi va ekologik vaziyatni yaxshilashga chaqiradi.
Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi hayvonot dunyosini muhofaza qilish tadbirlari tartibini tasdiqladi. Ular biologik xilma-xillikni, hayvonlarning yashash joylarini saqlab qolish va yovvoyi turlarni tabiiy muhitga qaytarishga qaratilgan.
Oʻzbekiston prezidenti navbatdagi Oʻzbekiston—Turkmaniston siyosiy maslahatlashuvlarini oʻtkazish dasturi doirasida mamlakatimizda boʻlib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.
Senat yoʻllarda tajovuzkor xatti-harakatlar uchun jazoni nazarda tutuvchi qonunni maʼqulladi. Qoidabuzarlar ikki yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilishi va katta jarimaga tortilishi mumkin. Qonun, shuningdek, jarima ballari tizimini joriy etadi va mast holda takroriy haydash uchun javobgarlikni kuchaytiradi.
Bu haftada butun Oʻzbekiston boʻylab sovuq havo boshlanadi, deyarli barcha hududlarda qor yogʻishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0...-2, kunduzi 0...+2 daraja boʻladi.
2025-yildan boshlab Huquqni muhofaza qilish akademiyasida kiberxavfsizlik boʻyicha magistraturada oʻqish boshlanadi, IIV Akademiyasida esa yangi bakalavriat yoʻnalishi ochiladi. Shuningdek, raqamli kriminalistika fakulteti tashkil etilib, huquq-tartibot xodimlari uchun onlayn kurslar yoʻlga qoʻyiladi.
Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni Belarus prezidenti saylovidagi gʻalabasi bilan tabrikladi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama kelishuvlar ijrosini ham muhokama qildi.
Saida Mirziyoyeva Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish maqsadlari va imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Prezident yordamchisi qisqa vaqt ichida biznes va raqobatni yanada shaffof qilish uchun 20 ta muhim qonun qabul qilinganini taʼkidladi.
Toshkentning Mirobod tumanida bir nechta mashina: Mustang, Tracker va Onix ishtirokida YTH sodir boʻldi. Oqibatda Tracker haydovchisi va 17 yoshli yoʻlovchisi jarohat olgan.
Oʻzbekiston parlamenti yuqori palatasining navbatdagi majlisida ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash masalalarini tartibga soluvchi yangi qonun koʻrib chiqildi va qabul qilindi.
Nukusdagi Yoshlar saroyida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning qoraqalpogʻistonlik iqtidorli yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Madaniyat vaziri bolalar musiqa sanʼati maktabi hamda Davlat konservatoriyasi filiali binosining qurilish jarayoni bilan ham tanishdi.
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida sud pora olayotganda qoʻlga olingan hokim yordamchisini axloq tuzatish ishlariga hukm qildi. Mansabdor shaxs fuqaroga 33 million soʻmlik ikkita imtiyozli kredit olishda koʻmaklashishni vaʼda qilgan.
26-yanvar kuni Madridda FITUR sayyohlik koʻrgazmasi yakunlandi. Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shodiyev Ispaniya turizm ekspertlari uyushmasi prezidenti, International French Travel Market kompaniyasi direktori va hatto “Atletiko Madrid” futbol klubi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Yil davomida Oʻzbekistonga Ispaniyadan sayyohlar oqimi bir yarim barobardan ziyod koʻpaydi.
2024-yil boshidan buyon bolalarning maktabga bormasligi bilan bogʻliq 44 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan. Maktab oʻquvchilarining ota-onalariga 175 mingga yaqin ogohlantirishlar yuborildi.
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Shavkat Mirziyoyev u bilan Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” kurort majmuasida norasmiy uchrashuv oʻtkazdi.
2024-yilda Oʻzbekiston aholisi soni 2 foizga koʻpayib, 37,5 million kishini tashkil etdi. Aholi zichligi - 83,6 kishi/kv.m. Eng yuqori zichlik Toshkent shahrida qayd etilgan.
Oʻzbekistonda ijrochilarga konsertlarda fonogrammadan foydalanish darajasini koʻrsatish majburiyatini yuklash rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi xabar umumiy reklama maydonining kamida 10 foizini egallashi kerak.
Senatorlar Oʻzbekiston Oliy sudining 5 nafar sudyasini lavozimidan ozod qildi. Oliy sud hozircha oʻzgarishlarga izoh bermadi.
Noyabr oyi oxirida Doʻsov maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosarini haqorat qilishda aybdor deb topilib, 1 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. Sud jazo chorasini cheklov oʻrniga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirdi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomlari nostrifikatsiya qilinmasdan avtomatik ravishda tan olinadigan oliy taʼlim muassasalari roʻyxatini tasdiqladi. Unga xalqaro reytinglar boʻyicha Top-1000 likdan joy olgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari kiritildi.