Toshkentda “Jadal rivojlanish va aholi daromadlari o‘sishi” yili e’lon qilindi
O‘zbekiston prezidenti O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi. Kelgusida Luvr, Metropoliten muzeyi, Britaniya muzeyi va boshqa jahonga mashhur muassasalar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatib, ko‘rgazmalar tashkil etish, noyob eksponatlarni olib kelish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston maktablarida “Kelajak soati” paydo bo‘ladi. Dars har dushanba kuni boshida o‘tkaziladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Ochiq byudjet”ga ovoz berishga majburlash haqidagi ma’lumotga munosabat bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev kuch ishlatar tizimlar rahbarlariga yangi unvonlar berish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.
Toshkentda dori-darmonlarni qalbakilashtirish va sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi. Yashirin sexning uch nafar tashkilotchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
1-sentyabrdan boshlab Moskva shahri va Moskva viloyatida xorijiy fuqarolarning turgan joyini hisobga olishning eksperimental rejimi joriy etiladi. Bir qator mamlakatlar fuqarolari majburiy tartibda maxsus “Amina” mobil ilovasini o‘rnatishlari kerak bo‘ladi.
Uzbekistan Airways Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ko‘rsatmasiga asosan mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni tashish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritdi. Kompaniya birinchi reysga kelmagan taqdirda qaytish chiptasini qaytarish tizimini bekor qiladi.
Sanitariya-gigiyena qoidalari buzilganligi sababli Chinoz, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi VSHlar yopildi.
Toshkentdagi klinikada bolaning o‘limi yuzasidan 116-modda (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
30–31-avgust kunlari Toshkent shahri bo‘ylab bayram sayillari bo‘lib o‘tadi. Poytaxt hokimligi tadbirlar qayerda va soat nechada o‘tkazilishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda Trade-up tizimi qonunchilik darajasida joriy etilmoqda. U minilgan avtomobillarni boshqa yurilgan mashinalarga almashtirish imkonini beradi.
Toshkentning Bobur ko‘chasida to‘rtta avtomobil to‘qnashdi. Bir kishiga shu yerning o‘zida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari surishtiruv ishlari bilan shug‘ullanishmoqda.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim joylarda gaz o‘chiriladi.
27-avgustda ham harorat 34-39° bo‘ladi. Poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 37-39°.
Ishsiz va kam ta’minlanganlarga kasb yoki tilni bepul o‘rganish uchun vaucherlar beriladi. Bunday fuqarolarni vaucherlar bo‘yicha o‘qitadigan ta’lim tashkilotlarining elektron reyestri yuritila boshlaydi.
Prezident “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Xususan, hujjat bilan Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi.
Huquq-tartibot idoralari Migratsiya agentligining ikki nafar xodimini pora bilan qo‘lga oldi. Ular 40 ming dollar evaziga odamlarni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilishgan. Shuningdek, ular o‘nlab odamlarni aldab, pullarini olib, ishga yubormagan.
Toshkentdagi klinikada rinoplastika paytida 9 yoshli bola vafot etdi. Prokuratura tekshiruv o‘tkazmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Iordaniyaning “An-Nahda” ordeni bilan mukofotlandi. Mamlakatning oliy mukofotini davlat rahbariga Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn shaxsan topshirdi.
26-avgust kuni soat 15:31 da O‘zbekistonda Qirg‘izistondagi zilzila kuchi sezildi. Zilzila epimarkazi Botkenda bo‘lgan. Zilzila magnitudasi 4,1 ga teng bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan muzokara o‘tkazdi. Davlat rahbarlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, vizasiz tartibni joriy etishga kelishib oldi, Ekstraditsiya to‘g‘risidagi bitimni imzoladi, madaniyat, savdo, ta’lim sohalarida hamkorlik qilish rejalarini belgilab oldi. Muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi.
Samarqanddagi Kongress markazi oldidagi maydonda Iordaniya qiroli Abdulla II ibn al-Husaynning rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
SI O‘zbekistonda odil sudlovni ta’minlaydi. Murojaatlar sudga elektron shaklda yuboriladi. Sud hujjatlari loyihalari avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Poytaxtning Shayxontohur va Yunusobod tumanlarida ta’mirlash ishlari tufayli gaz o‘chirildi.
O‘zbekistonda o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadigan maktablarda birinchi dars “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkaziladi. 738 ming nafar 1-sinf o‘quvchisiga prezident sovg‘asi topshiriladi.
O‘zgidromet: Harorat 34-39° atrofida bo‘ladi. Poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38°.
O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi. Shuningdek, prezident qarori bilan homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibi belgilandi.
O‘zbekiston prezidenti Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi. Davlat rahbari bu yerdagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Prezident Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Organ har oyda kamida bir marta operatorlar va provayderlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining muvofiqligi monitoringini olib boradi.
O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-iyun oylarida 9 738 nafar egizak tug‘ilgan bo‘lib, eng ko‘pi Samarqand viloyatida qayd etilgan.