Buxoroda xususiy klinikaga kelgan bolakay vafot etdi

Toshkentda JasJan taxallusi bilan tanilgan bloger Jasurbek Shodiyev jamoat joyida qiz bilan janjallashgani aks etgan videosi uchun 5 sutkaga qamoqqa olindi. Bloger ilgari hojatxona qogʻozi toʻplamiga mashina urilgan videosi uchun javobgarlikka tortilgandi.
Endi sug‘urtalangan shaxslar sug‘urtalovchilarga da’vo taqdim etish uchun boj to‘lashdan ozod bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev qonunga tegishli o‘zgartirishlarni imzoladi.
Qozogʻistondan Oʻzbekistonga kirib kelayotgan avtomobilda bojxona xodimlari deklaratsiya qilinmagan qimmatbaho buyumlar — 717 ta shimol bugʻusi shoxini aniqladi.
Istanbulda olti nafar o‘zbekistonlik qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilgandan keyin zaharlanishdan vafot etdi. Jami 38 kishi zaharlangan, 11 kishi vafot etgan. Diplomatik missiya vatandoshlarni spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan tiyilishga chaqirdi.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol qoʻzgʻolon va hokimiyatni suiisteʼmol qilishda ayblanib hibsga olindi, deb xabar qildi yuqori martabali amaldorlar oʻrtasidagi korrupsiyani tergov qilish boshqarmasi. Bu mamlakat tarixida birinchi marta vaqtincha chetlatilgan, ammo amaldagi rahbar hibsga olingan holatdir.
O‘zbekistonda sayyohlik hududlarida kichik mehmonxonalar qurilishi qo‘llab-quvvatlanadi. Hukumat tarixiy obyektlar va turizm kam rivojlangan hududlarda yangi mehmonxonalar uchun subsidiyalar joriy qiladi. Moliyaviy ko‘mak xonalar soniga bog‘liq bo‘lib, faqat noldan qurilgan binolar uchun taqdim etiladi.
Oʻzbekiston prezidenti Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilarga tabrik yoʻlladi. U “dunyodagi hozirgi favqulodda murakkab vaziyatda” harbiy xizmatchilar jismoniy va maʼnaviy shayligini oshirish muhimligini taʼkidaldi.
Raqobat qoʻmitasi Umra xizmatlarini tegishli litsenziyani rasmiylashtirmasdan reklama qilgani uchun 15 ta sayyohlik kompaniyasiga jarima solgan.
Samarqandda zamonaviy “Shirin” ishbilarmonlik markazini tashkil etish loyihasi doirasida 6 kilometr yerusti metrosi quriladi. Bundan tashqari, hududda yangi infratuzilma: turar-joy va biznes majmualari, yoʻllar, koʻpriklar va irrigatsiya tarmoqlari paydo boʻladi.
Avtobuslar bir kunda Toshkentda rekord darajadagi — 1,3 million yo‘lovchini tashidi. Poytaxt avtobuslarida yo‘lovchilar oqimi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 38,6 foizga oshgan.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-yanvar kuni “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitida nutq soʻzladi. Davlat rahbari oʻz nutqida bugungi kunda energiya manbalarini diversifikatsiya qilish va ulardagi uglevodorodlar ulushini keskin kamaytirish iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, barqaror taraqqiyot va global xavfsizlikni taʼminlashning asosiy sharti ekanini taʼkidladi.
Parlament bukmekerlar, onlayn-kazinolar va lotereyalar faoliyatini tartibga soluvchi qonunni qabul qildi. Bozorda faoliyat yuritish uchun kompaniyalar ruxsatnoma olishlari va sezilarli miqdordagi ustav kapitalini ta’minlashlari zarur. Sohani nazorat qilish ILMA va Bosh prokuratura zimmasiga yuklatiladi.
Bosh prokuror, kurash federatsiyasi rahbari Nig‘matilla Yo‘ldoshev navbatdan tashqari anjumanda bir ovozdan O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi. Sport vaziri Adham Ikromov Yo‘ldoshev tajribasi o‘zbek kurashini yangi bosqichga olib chiqishga yordam berishiga ishonadi. Ayniqsa, Olimpiada-2028ga tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratildi.
Toshkent shahridagi prezident maktabi Barqaror rivojlanish sohasidagi Shayx Zayd Ol Nahayon nomidagi “Global oʻrta maktablar” mukofoti nominatsiyasida gʻolib deb topildi. Oltita hududiy toifadagi gʻoliblar oʻz loyihalarini amalga oshirish uchun 150 ming dollargacha pul oladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Yashil iqtisodiyotni ilgari surish va joriy etish boʻyicha loyiha ofisi rahbari va bosh mutaxassisi chiqindilarni boshqarish sohasidagi strategiya va yutuqlar toʻgʻrisida maʼruza tayyorladi.
Samarqand viloyatida noqonuniy qum va shag‘al qazib olish holatlari aniqlandi. Noqonuniy qazib oluvchilar faoliyatidan ko‘rilgan zarar 826 milliard so‘mga baholanmoqda.
Qurilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aeroportida aerotaksi va VIP taksi xizmatlarini joriy etish rejalashtirilgan. Shuningdek, ushbu loyiha doirasida biznes aviatsiyasi sohasida taʼmirlash, sotish va saqlash xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi.
2024-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistondagi IESlar rejalashtirilgan 700,5 million kub metr gaz o‘rniga 1 milliard kub/metr gazni iqtisod qildi. Issiqlik elektr stansiyasini mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha energiya importida 21 million dollar tejashga erishildi.
Toshkent xalqaro aeroportida yashil zonada mushuklar uchun yangi uychalar oʻrnatildi. Tashabbus “Mushukkent” loyihasi va Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Oʻzbekiston va BAA kompaniyalari 15 ta yangi bitim va shartnomalar tuzdi. Hujjatlar energetika va qishloq xoʻjaligi sektori, infratuzilma loyihalari, shuningdek, “Toshkent-Sharqiy” aeroportini rivojlantirish va biznes aviatsiyasi sohasida xizmatlar koʻrsatishga taalluqlidir.
Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 55 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Uning harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolar IIVga murojaat qilishlari so‘ralmoqda.
2025-yilda Oʻzbekiston poytaxtiga qoʻshimcha 1000 ta avtobus va QR-kodli chiptalarni sotib olish uchun 675 ta infokioska beriladi. Yil boshidan buyon yoʻlovchilar oqimi 43,5 foizga oshdi, avtobuslarni kutish vaqti 10-12 daqiqaga qisqardi.
Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan samolyot spirtli ichimliklarni iste’mol qilib, o‘zini tajovuzkorona tutgan 26 yoshli yo‘lovchi tufayli parvozni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Qozon shahriga shoshilinch qo‘nishdan so‘ng qoidabuzar politsiyaga topshirildi va reys O‘zbekiston poytaxtiga yo‘l oldi.
AQSH dollari va Xitoy yuanining umumiy mustahkamlanishi fonida yevro va funt sterlingning sezilarli darajada qiymati tushdi. Rossiya rubli va qozoq tengesi ham biroz arzonlashdi.
O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining sobiq o‘rinbosari, Kompartiyaning mafkura masalalari bo‘yicha kotibi Ra’no Abdullayeva 89 yoshida vafot etdi.
Qonun loyihasida donorlarga toʻlanadigan haq miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha oshirish va “Faxriy donorlar” uchun qoʻshimcha imtiyozlar nazarda tutilmoqda. Takliflar orasida jamoat transportida bepul yurish, sanatoriylarga navbatdan tashqari yoʻllanmalar va oʻzi va yaqinlari uchun bepul qon taʼminoti bor.
Namangan va Andijon viloyatlarida 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan. Namangan viloyati Chust tumanidagi korxona 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan. Qolgan 892,2 mln so‘m mablag‘ Andijon shahridagi xususiy ta’lim markaziga to‘g‘ri keldi.
Samarqandda zaharlanish holatlari qayd etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, besh kishi zaharlanish qurbonlari bo‘lgan. Hodisaning aniq sabablarini aniqlash maqsadida sud-kimyoviy ekspertizasi tayinlangan.
Hukumatning bir qator xavfli moddalar, chiqindilar va barqaror ifloslantiruvchi moddalarni import qilishni taqiqlovchi yangi qarori qabul qilindi. Tartibga solinadigan mahsulotlarni ekologik sertifikatlash bo‘yicha atrof-muhit xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan talablar belgilandi.
O‘zbekiston prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari prezidentining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. U mamlakat rahbariyati bilan uchrashadi, “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitida ishtirok etadi va Dubayga tashrif buyuradi.