Toshkentda 174 ta daraxt va butalar kesildi: hokimlik mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilganini tan oldi
88 yoshli Papa Fransisk bronxitni davolash uchun Rim klinikasiga olib kelingan. Sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolarga qaramay, u oʻz vazifalarini bajarishda davom etmoqda va lavozimni tark etish imkoniyatini koʻrib chiqmayapti. Vatikan uning kasalxonada qancha vaqt qolishiga aniqlik kiritmagan.
Germaniyada 14-16-fevral kunlari boʻlib oʻtadigan 61-Xavfsizlik boʻyicha Myunxen konferensiyasi boshlandi. Dunyo yetakchilari mudofaa va xavfsizlikning asosiy masalalarini muhokama qiladi. Eʼtibor markazida Rossiya–Ukraina urushi va uni hal qilish istiqbollari.
AQSH prezidenti Donald Trampning taʼkidlashicha, Rossiya va AQSH rasmiylari 14-fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida Ukraina mojarosini hal qilish boʻyicha muloqot oʻtkazadi. AQSH rahbarining qoʻshimcha qilishicha, tadbirga Ukraina vakillari ham taklif qilingan.
2024-yilda Rossiyaning mudofaa uchun umumiy xarajatlari 42 foizga oshib, 462 milliard dollarni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Buyuk Britaniyaning mudofaa byudjetidan oshib ketdi.
Bloomberg tahlilchilari Rossiya–Ukraina mojarosi yakunlanishining uchta ehtimoliy ssenariysini koʻrsatib oʻtdi. Eng ehtimoliy variant — anneksiya qilingan hududlar ustidan qisman Rossiya nazorati saqlanib qolgan holda hozirgi status-kvoning davom etishi. Optimistik ssenariyda Ukraina xavfsizlik kafolatlari va Gʻarbning qoʻllab-quvvatlashini oladi, eng yomoni esa Amerika yordamisiz qolishi mumkin.
Telegram`ning yangi yangilanishida oʻrnatilgan videopleyer yaxshilandi, endi u toʻxtash joyini eslab qoladi va maʼlum bir vaqt uchun havolalarni ulashish imkonini beradi. Sunʼiy intellekt stikerlarini qidirish maxsus toʻplamlar uchun mavjud boʻldi. Bot profillarida esa shunga oʻxshash xizmatlar va mini-ilovalar tavsiya etilgan yorliq paydo boʻldi.
1991-yil 13-fevral Iroq tarixida qora kun boʻlgan. Bundan roppa-rosa 34 yil muqaddam “Sahrodagi boʻron” operatsiyasi davomida AQSH harbiylari Bagʻdoddagi “Amiriya” bombapanohiga aviazarba bergandi. Bu fojia yuzlab tinch aholining, asosan ayollar va bolalarning hayotiga zomin boʻldi va Fors koʻrfazidagi urushning eng dahshatli epizodlaridan biriga aylandi.
AQSH prezidenti Donald Tramp ilk bor Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat bir yarim soat davom etdi. Davlat rahbarlari Ukrainadagi mojaroni toʻxtatish va zudlik bilan muzokaralar jarayonini boshlash zarurligiga rozi boʻldi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti past va oʻrta daromadli mamlakatlar bolalariga onkologik dori vositalarini bepul olish imkonini beruvchi yangi platformani ishga tushirdi. Dori-darmonlarning birinchi partiyasi allaqachon Oʻzbekiston va Moʻgʻulistonga yetib kelgan. JSST tashabbusni 50 ta davlatga kengaytirishni va 120 ming bolani davolashni rejalashtirmoqda. Loyihani Avliyo Iuda bolalar tadqiqot kasalxonasi qoʻllab-quvvatladi.
Donald Tramp va Ilon Maskning rasmiy bayonoti chogʻida kutilmaganda sammit emas, balki toʻrt yoshli X Æ A-Xii eʼtiborni tortdi. Kattalar davlat islohotlarini muhokama qilishayotganda, bola otasining gapini boʻlib, AQSH prezidenti bilan suhbatlashib, koʻngilxushlik qildi.
Armaniston parlamenti mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish jarayoni toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatladi, biroq muxolifat ikkiga boʻlindi. Hujjatni faqat hukmron fraksiya maʼqullagan, YEIga aʼzolik boʻyicha yakuniy qaror esa, bosh vazir Nikol Pashinyanning soʻzlariga koʻra, referendumda qabul qilinishi kerak.
Xitoyda koʻchmas mulk sohasidagi inqiroz kuchaymoqda. Xavflar ortib bormoqda, chunki rasmiylar Xitoyda birinchi qutqaruv operatsiyasini oʻtkazishga majbur boʻlmoqda va Gonkongning mashhur New World kompaniyasi obligatsiyalari moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Milliarder Alisher Usmonovning sobiq rafiqasi Irina Viner badiiy gimnastika boʻyicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Samarqandlik Alina Kabayeva, Margarita Mamun va Yevgeniya Kanayeva kabi chempionlarni tarbiyalagan.
AQSH Davlat departamenti byudjetini optimallashtirish doirasida prezident Donald Tramp maʼmuriyati mamlakatning butun dunyo boʻylab bir qator konsullik muassasalarini yopish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. NBC jurnalistlari maʼlumotlariga koʻra, Kanada, Meksika, Tinch okeani orollari, shuningdek, Yevropadagi konsulliklar qisqartirilishi mumkin.
Saudiya Arabistoni hukumati 2025-yilda Haj ziyoratchilariga oʻzlari bilan bolalar olib borishni taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu koʻp sonli odamlar toʻplangan sharoitda ularning xavfsizligi haqida qaygʻurish bilan bogʻliq.
AQSH prezidenti Donald Tramp farmonlarni imzolash chogʻida Falastinning HAMAS harakatidan shanba kuni tushgacha barcha garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi. “Agar hammani qaytarishmasa, hammasini bekor qilish vaqti keldi, deb hisoblayman”, dedi u.
AQSH prezidenti Vashington mojaroning borishidan qatʼi nazar, Ukrainaning 500 milliard dollarlik nodir metallarini olishini aytdi. Uning taʼkidlashicha, Kiyev allaqachon harbiy yordam uchun toʻlov sifatida resurslarni berishga rozi boʻlgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya rasmiylari Donald Trampning Moskvaga ehtimoliy tashrifi haqidagi xabarlarga qaramay, uning safdoshlaridan biri bilan uchrashishni rejalashtirmayapti. Rosaviatsiya Vashingtondan xususiy samolyot uchib kelganini tasdiqladi, biroq bu bir martalik texnik reys boʻlganini taʼkidladi.
Xitoyning Kobuldagi elchisi Chjao Sin Afgʻoniston jamoat ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Iso Soniy bilan muzokaralar oʻtkazdi. Sinning soʻzlariga koʻra, Pekin xavfsizlik muammolari hal qilinsa, Vaxan yoʻlagi ochilishiga qarshi emas.
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Ilon Maskning “Ozodlik” va “Amerika ovozi” radiostansiyalarini yopish taklifini qoʻllab-quvvatladi. Hozir odamlar “Ozodlik” yangiliklariga muhtoj emas, dedi Japarov.
Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis impichmenti tufayli mamlakatda siyosiy inqiroz boshlanmasligi uchun isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi.
Ilon Mask “Amerika ovozi” va “Ozodlik” radiostansiyalarini yopishni taklif qildi. Maskning qoʻshimcha qilishicha, ular amerikalik soliq toʻlovchilarning choʻntagidan yiliga milliard dollarni yoqib yuboradi.
5-fevral kuni ismoiliy-nizoriylar yetakchisi shahzoda Karim Ogʻa Xon IV 89 yoshida vafot etdi. Bu lavozimda uning oʻrnini tugʻilgan oʻgʻli Rahim Al-Husayniy Ogʻa Xon V egalladi. AKDN nima ekanini va Ogʻa Xon jamgʻarmasi Markaziy Osiyoda qanday iz qoldirganini koʻrib chiqamiz.
Soʻnggi oʻn yilliklarda texnologiyalar hayratlanarli darajada tez rivojlanib, hayotimizning har bir jabhasini oʻzgartirmoqda. Sunʼiy intellektdan biotexnologiyagacha, buyumlar internetidan virtual reallikkacha.
Vashingtondagi sud Donald Trampning Xalqaro taraqqiyot agentligi xodimlarini chaqirib olish va ularni maʼmuriy taʼtilga chiqarish toʻgʻrisidagi qarorini vaqtincha blokladi.
Donald Tramp Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, unda siyosatchilar Ukrainada davom etayotgan harbiy mojaroni muhokama qildi.
Gamburg yer sudi Germaniyaning Tagesspiyegel gazetasiga USM xoldingi asoschisi Alisher Usmonov haqida bir qator yolgʻon daʼvolarni tarqatishni taqiqladi. Ushbu daʼvolar Yevropa Ittifoqining (YEI) unga qarshi sanksiyalarini asoslash uchun ishlatilgan, shuningdek, ular tufayli Germaniyada milliarderga qarshi tergov boshlangan.
6-fevral kuni Unanaklit va Nom shaharlari oʻrtasida parvozni amalga oshirayotgan Bering Air aviakompaniyasining yoʻqolgan samolyoti manzil yaqinidagi dengiz muzidan topildi. Samolyot bortida 10 kishi, jumladan uchuvchi ham boʻlgan, ularning barchasi halok boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, samolyot halokatga uchrashidan oldin balandlik va tezlikni keskin yoʻqotgan. Qutqaruvchilar uchta jasadni topishga muvaffaq boʻlishdi, qolganlari, ehtimol, vayronalar ichida qolmoqda.
UEFA Chempionlar Ligasi pley-off oʻyinlarida qoʻshimcha boʻlimlarni bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda va darhol penaltilar seriyasiga oʻtishni taklif qilmoqda. Sababi - turnir jadvali tigʻiz boʻlgani uchun futbolchilarga katta yuklama tushmoqda. Hozircha oʻzgartirishlar muhokama qilinmoqda va 2027-yilgacha qabul qilinishi dargumon.
Wired nashrining yozishicha, Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov surishtiruv ishlari choʻzilib ketgani sababli Fransiyada “qotib qolgan.” Fransiya prokuraturasi vakili Maylis de Rek uning ishi kamida bir yildan keyin sudga oshirilishini taʼkidladi.