Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya delegatsiyasini qabul qildi
Rossiya va O‘zbekiston Transport vazirliklari mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini uch barobar oshirishga kelishib oldi.
2026-yil 1-yanvardan majburiy avtosug‘urta bo‘yicha sug‘urta summasi ikki baravarga oshirilib, 80 mln so‘mgacha yetkaziladi. Bu tartib yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlangan shaxslarning mol-mulkiga, hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga yo‘naltiriladigan mablag‘larning zamon talablariga mos bo‘lishiga xizmat qilishi lozim.
Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, yer qa’ridan foydalanishdagi qoidabuzarlik haqida xabar bergan fuqarolarga haq to‘lanadi. Bunda foto va video materiallarda huquqbuzarlik fakti, huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, sana va vaqt ko‘rsatilishi kerak.
XXR Raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, maktub yo‘lladi. Xitoy yetakchisi mustahkam sog‘lik va farovonlik tiladi.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” poytaxt aholisining elektr ta’minotidagi davriy uzilishlar haqidagi munozaralariga munosabat bildirdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, uzilishlar issiqning kuchayishi va elektr energiyasi iste’molining ortishi bilan bog‘liq.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Rossiya yetakchisi O‘zbekiston rahbarining xalq orasida va xalqaro maydonda yuksak obro‘-e’tiborga ega ekanini qayd etdi.
Yunusobod tuman sudi 2025-yil aprel oyida bankni o‘yinchoq to‘pponcha bilan o‘marmoqchi bo‘lgan erkakni besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ayblov tomoni jinoyatchiga to‘qqiz yil qamoq jazosi berishni so‘radi.
O‘zgidromet: 24-iyul kuni Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 38-40° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 32° gacha, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda shamol kuchayadi.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati neftni qayta ishlash obektlaridan birining yotoqxonasida terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Erkak Afg‘onistonga borib, terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanida sobiq harbiy gospital hududida qurilish boshlangani va bu joyda daraxtlar kamayib ketgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ekopartiya deputati mazkur masala yuzasidan Bosh prokuratura va Ekologiya vaziriga so‘rov yubordi.
Namangan viloyatida sigir bolaga hujum qildi, shuningdek, boshqa guvohlar kabi hayvonni tinchlantirishga uringan onasiga jarohat yetkazdi.
“Surgil” konining tabiiy gazi bosimini oshirish va keyinchalik Ustyurt gaz-kimyo majmuasiga qayta ishlashga uzatish uchun mo‘ljallangan “Surgil” siquv kompressor stansiyasining qurilish ishlari yakunlandi.
23-iyul kuni Yashnobod tumanining bir qator joylarida podstansiyalardagi ortiqcha yuklama tufayli elektr ta’minoti uzildi. Iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda do‘kon egasi qarzlari uchun ayolni urayotgani aks etgan videolar paydo bo‘ldi. Prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Toshkent viloyatida bir necha kishi 15 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda. Jabrlanuvchi dahshatli jarohatlar bilan kasalxonada yotibdi. Mazkur holat prokuratura, Bolalar ombudsmani va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nazoratga olingan.
Sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari O‘zbekiston fuqarolarini issiq ob-havo tufayli allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Aholiga kunduzi xonadan chiqmaslik va soyada qolish tavsiya etildi.
IIV tizim pensionerlarini mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlariga jalb etishni taklif qildi. Profilaktika ishlariga jalb etilganlarga pensiya miqdorining 100 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.
O‘zbekiston DXX rahbari general-polkovnik Bahodir Qurbonov Kobulda Razvedka xizmati boshlig‘i Abdul Haq Vosiq bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar hamkorlik, shuningdek, O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasi daxlsizligini ta’minlash va terrorizmga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi.
HOWO yuk mashinasi Toshkent viloyatida Gentra va Cobalt o‘rtasida sodir bo‘lgan YTH joyida ish olib borayotgan YPX inspektorlari mashinasini urib yuborgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar qutulib qoldi. Ikkita avariya bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyatida jarrohlik bo‘limi boshlig‘i og‘ir tashxis qo‘yilgan bemorning sog‘ oyog‘ini kesib tashladi. Oradan bir necha kun o‘tgach, u vafot etdi. Shifokor to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Mast erkak Moskvadan Toshkentga uchayotgan reys yo‘lovchisiga tegajog‘lik qilgan. Sudda u mastlik tufayli o‘z xatti-harakatlarini anglamaganini aytdi.
23-iyul kuni poytaxtning beshta tumanida elektr ta’minoti uzildi. Elektr ta’minoti to‘xtatilishiga rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari sabab bo‘ldi.
O‘zgidromet: Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 38-40° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 33° gacha, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda shamol kuchayadi.
MeteoAgent portali 23-iyul kuni magnit bo‘roni 5 ball bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qildi. Ekspertlar hodisani “qizil” sinfga kiritdi, ba’zilar o‘zini yomon his qilishi mumkin.
O‘zbekistonda birinchi marta yozgi elektr energiyasi iste’moli qishki iste’moldan oshdi. Shuningdek, kunlik iste’mol bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatildi.
Iqtisodiyot vazirligi avtomobilni boshqarish uchun ishonchnomaga ishonchli shaxsga avtomobilni chet elga olib chiqishga ruxsat beruvchi yangi band kiritishni taklif qildi.
Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida “turizm megaloyihasi” paydo bo‘ladi. Taqdimotda daryoning 12 kilometrlik qirg‘oq qismida “barcha turizm yo‘nalishlari”ni rivojlantirish imkoniyatlari qayd etildi.
20-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida ikki avtomobil va bir piyoda ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Tracker haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgan, u voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qonunchilik palatasida lazer nurlantirgichlarining noqonuniy aylanmasi uchun javobgarlik belgilovchi o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Pora bilan qo‘lga olingan Sharof Rashidov tumani hokimi Mahmud Xolbo‘tayev nomidan budjetdan pul ajratish bo‘yicha bir nechta qarorlar imzolandi. Tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.