“Gryaz” laqabli jinoiy uyushma yetakchisi Turkiyada ushlandi
2025-yilning birinchi yarmida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan 34 kishi javobgarlikka tortilgan.
Toshkent issiqlik elektr markazida mazut yoqilg‘isidan voz kechildi. Yangi uskunalar past gaz bosimida ham ishlaydi, jarayonlarning samaradorligi va ekologik tozaligini oshiradi.
2025-yil avgust oyida yengil avtomobillar savdosi 90 ming donani tashkil etib, 9,5 foizga kamaydi. Xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni sotish 4,9 ming donani tashkil etdi, bu iyul oyi darajasidan 9,4 foizga past.
Deputatlar bolalar pornografiyasi va jinsiy zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Bo‘ka tuman sudi 17 yoshli sinfdoshini o‘ldirgan 16 yoshli o‘smirni 8,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Qozog‘istonda 16-sentyabrdan boshlab nikoh tuzishga majburlash uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatarda Isroilning Dohaga bergan zarbalaridan so‘ng o‘tkazilayotgan Favqulodda arab-islom sammitida nutq so‘zladi. Baxtiyor Saidovning aytishicha, respublika Yaqin Sharqdagi tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan so‘nggi harbiy tajovuzni keskin qoralaydi.
Toshkentning uchta tumanida kechgacha gaz o‘chirildi. Mutaxassislar ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda.
Buxoroda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
O‘zbekiston senatorlari xalqaro va shaharlararo tashuvlarda mehnat va dam olish rejimini buzgan haydovchilarga jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifini Namangan aeroportida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdan boshladi. Prezident aeroport atrofini kompleks rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.
Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga jazo tayinlandi. U juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda aybdor deb topildi.
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi. U yerda prezident namunaviy loyihalar bilan tanishib, yangi maqsad va vazifalarni belgilaydi, qurilish obyektlari, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi korxonalari, shuningdek, ijtimoiy muassasalarni borib ko‘radi.
Vladivostokda o‘smirlar o‘zbekistonlik migrantlarni kaltakladi. Mamlakatning mintaqadagi bosh konsuli Rossiya rasmiylariga jinoyatchilarni topish talabi bilan nota yubordi. Primorye Tergov qo‘mitasi jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi, ayblanuvchilarning shaxsi aniqlandi, ulardan biri hibsga olindi, ikkitasi qidirilmoqda.
16-sentyabrda O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi (tog‘larda kuchli, baland tog‘larda qorga aylanadi), shamol chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayadi, kunduzi harorat 20-30°, Toshkentda 23-25° bo‘ladi.
Ukraina prezidenti RF rahbari bilan shaxsan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi. Zelenskiy Putin bilan hududlar va boshqa masalalarni muhokama qilishini va buni “amerikaliklar, yevropaliklar orqali emas” qilishini aytdi.
Buxoroda yigit iPhone`ni o‘g‘irlab, o‘z mashinasida qochishga tushdi. Uni qo‘lga olish uchun “to‘sib ushlash” rejasi ishga tushirildi. Yigit bir nechta transport vositasiga zarar yetkazishga ulgurdi. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi yechimlarni e’lon qildi.
Mutaxassislar tomonidan 2025-yilning 8 oyi davomida bog‘chalarda 9 486,4 kg sifatsiz mahsulotlar aniqlangan.
Markaziy bank xorijiy valyutalar kotirovkasini yangiladi. Dollar, yevro va rubl arzonlashdi.
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab 9 va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy etiladi, ular asosida o‘quvchilar o‘z qobiliyatlarini hisobga olgan holda kasb-hunar yoki oliy ta’limga yo‘naltiriladi.
2025-yil boshidan buyon O‘zbekistonda 2872 nafar voyaga yetmagan turli jinoyatlarning qurboniga aylangan, ulardan 1225 nafari 12 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.
Qashqadaryoda 68 yoshli erkak Damas haydab ketayotib, maktab o‘quvchisini urib yuborishiga sal qoldi. Haydovchiga jarima solinib, haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Uchquduq tumanida “Ayollar daftari”ga kiritishni so‘rab kelgan ayolga mahalla raisi tegajog‘lik qilgan. Sud majlisida u pushaymonligini bildirdi va o‘z harakatlarini go‘yoki yomon niyati yo‘qligi bilan oqlashga harakat qildi.
Toshkentning Yashnobod tumanida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Avariya holatlari bartaraf etilgandan so‘ng, elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi.
O‘zbekistonda hafta davomida havo sovib, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, tog‘larda ba’zi joylarda kuchli bo‘lib, qorga aylanishi, shamolning kuchayishi va 19-sentyabrga kelib kunlar asta-sekin isishi kutilmoqda.
Toshkentda sport oziq-ovqat do‘koni yonida bepul kreatin tarqatish tufayli to‘polon yuz berdi. Holat bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqdi.
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov Toshkentda sanoatni rivojlantirish uchun deyarli yer qolmaganini aytdi.
Namangan viloyatida yo‘lovchi poyezdi Gentra avtomobili bilan to‘qnashib ketdi. Salonda olti kishi — besh ayol va bir yosh bola bo‘lgan, ularning barchasi voqea joyida halok bo‘lgan. Haydovchi YHQni qo‘pol ravishda buzgan va yaqinlashib kelayotgan tarkibning oldidan yo‘lni kesib o‘tishga uringan.