Toshkentda ayrim yo‘llar bir necha kunga yopiladi

Mirzanozim Doʻsmuratov “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bungacha Doʻsmuratov “Oʻzfarmsanoat”da ishlab, Professional boks federatsiyasi raisi boʻlgan.
Joriy yil yakuniga qadar Oʻzbekistonning yashil energetikasi ulushini 26 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun mamlakatda 16 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Hindiston bilan erkin savdo bitimi boʻyicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda. Bitim bozorlarga kirishni kengaytirish, savdo hajmini oshirish va strategik aloqalarni mustahkamlashga vaʼda beradi.
“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi milliy aviakompaniya oʻzbek tiliga urgʻu berishi kerak, deb hisoblaydi. Uning fikricha, uch tildan foydalanish xodimlarga ortiqcha yuk boʻlib, xavfsizlik boʻyicha yoʻriqnomalarda oʻzbek tilini eʼtiborsiz qoldirish xato hisoblanadi.
Yil davomida banklarning depozit portfeli 27,7 foizga oʻsib, 308,7 trln soʻmga yetdi. Asosiy oʻsishni aholi ulushi taʼminladi, bu koʻrsatkich umumiy hajmning 39,7 foizini tashkil etdi. “Oʻzmilliybank”, “Kapitalban”, va “Ipoteka bank” depozitlar boʻyicha yetakchilar boʻlib qolmoqda.
Xalq Nazorati xizmati shaharning asosiy muammolari boʻyicha fuqarolarning murojaatlarini yigʻishda davom etmoqda. Shikoyatlarning aksariyati kommunal xizmatlar va yoʻllarning holatiga tegishli. Uchtepa tumani masalalarni yechish samaradorligi boʻyicha yetakchiga aylandi, Shayxontohur esa autsayderga.
Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Kosta Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasida 2025-yilda sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash rejalarini maʼlum qildi. YI prezidenti Samarqandda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammitiga tayyorgarlik koʻrilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana olti oyga uzaytirishga kelishib oldi. Bungacha Vengriya Rossiyadan Ukraina orqali gaz tranziti toʻxtatilgani sababli qarorni qoʻllab-quvvatlamaslik bilan tahdid qilgan edi.
Toshkent dunyoning boshqa yirik shaharlarini ortda qoldirib, havoning ifloslanishi boʻyicha yetakchiga aylandi. Xavfsiz meʼyorlardan yuqori ifloslanish darajasi shahar aholisining sogʻligʻiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Mutaxassislar aholining zaif qatlamlari uchun jiddiy xavf-xatarlar haqida ogohlantiradi va ekologik vaziyatni yaxshilashga chaqiradi.
Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi hayvonot dunyosini muhofaza qilish tadbirlari tartibini tasdiqladi. Ular biologik xilma-xillikni, hayvonlarning yashash joylarini saqlab qolish va yovvoyi turlarni tabiiy muhitga qaytarishga qaratilgan.
Oʻzbekiston prezidenti navbatdagi Oʻzbekiston—Turkmaniston siyosiy maslahatlashuvlarini oʻtkazish dasturi doirasida mamlakatimizda boʻlib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.
Senat yoʻllarda tajovuzkor xatti-harakatlar uchun jazoni nazarda tutuvchi qonunni maʼqulladi. Qoidabuzarlar ikki yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilishi va katta jarimaga tortilishi mumkin. Qonun, shuningdek, jarima ballari tizimini joriy etadi va mast holda takroriy haydash uchun javobgarlikni kuchaytiradi.
Bu haftada butun Oʻzbekiston boʻylab sovuq havo boshlanadi, deyarli barcha hududlarda qor yogʻishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0...-2, kunduzi 0...+2 daraja boʻladi.
Berlinda transport kompaniyasi (BVG) xodimlarining ish tashlashi boʻlib oʻtmoqda. Ver. di kasaba uyushmasi ish haqini oshirishni va mehnat sharoitlarini yaxshilashni talab qiladi. Zabastovka 27-yanvar kuni tunda boshlangan va 24 soat davom etadi. Xodimlar va rahbariyat oʻrtasidagi muzokaralar boshi berk koʻchaga kirib qolgan, xodimlarning talablari esa kompaniyaga yiliga rekord darajadagi 250 million yevroga tushishi mumkin.
2025-yildan boshlab Huquqni muhofaza qilish akademiyasida kiberxavfsizlik boʻyicha magistraturada oʻqish boshlanadi, IIV Akademiyasida esa yangi bakalavriat yoʻnalishi ochiladi. Shuningdek, raqamli kriminalistika fakulteti tashkil etilib, huquq-tartibot xodimlari uchun onlayn kurslar yoʻlga qoʻyiladi.
“Yovvoyi Arman” nomi bilan tanilgan Arman Jumageldiyev Qozogʻistonda ommaviy tartibsizliklar uyushtirishda aybdor deb topildi. U bilan birga Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Ruslan Iskakov va bloger Qayrat Kudaybergen ham sudlangan. Jami 43 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan.
Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni Belarus prezidenti saylovidagi gʻalabasi bilan tabrikladi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama kelishuvlar ijrosini ham muhokama qildi.
Saida Mirziyoyeva Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish maqsadlari va imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Prezident yordamchisi qisqa vaqt ichida biznes va raqobatni yanada shaffof qilish uchun 20 ta muhim qonun qabul qilinganini taʼkidladi.
Toshkentning Mirobod tumanida bir nechta mashina: Mustang, Tracker va Onix ishtirokida YTH sodir boʻldi. Oqibatda Tracker haydovchisi va 17 yoshli yoʻlovchisi jarohat olgan.
Oʻzbekiston parlamenti yuqori palatasining navbatdagi majlisida ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash masalalarini tartibga soluvchi yangi qonun koʻrib chiqildi va qabul qilindi.
Nukusdagi Yoshlar saroyida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning qoraqalpogʻistonlik iqtidorli yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Madaniyat vaziri bolalar musiqa sanʼati maktabi hamda Davlat konservatoriyasi filiali binosining qurilish jarayoni bilan ham tanishdi.
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida sud pora olayotganda qoʻlga olingan hokim yordamchisini axloq tuzatish ishlariga hukm qildi. Mansabdor shaxs fuqaroga 33 million soʻmlik ikkita imtiyozli kredit olishda koʻmaklashishni vaʼda qilgan.
Belarusning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko navbatdagi prezidentlik saylovlarida 86,82 foiz natija bilan gʻalaba qozondi. Saylovning yakuniy natijalari 10 kun ichida MSK tomonidan eʼlon qilinadi.
26-yanvar kuni Madridda FITUR sayyohlik koʻrgazmasi yakunlandi. Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shodiyev Ispaniya turizm ekspertlari uyushmasi prezidenti, International French Travel Market kompaniyasi direktori va hatto “Atletiko Madrid” futbol klubi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Yil davomida Oʻzbekistonga Ispaniyadan sayyohlar oqimi bir yarim barobardan ziyod koʻpaydi.
Janubiy Koreya prokuraturasi hokimiyatdan chetlatilgan prezident Yun Sok Yolga qarshi isyon koʻtarganlikda aybladi. Prezident harbiy holat voqealari tufayli davlat tuzumiga qarshi isyon koʻtarganlikda ayblanmoqda.
2024-yil boshidan buyon bolalarning maktabga bormasligi bilan bogʻliq 44 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan. Maktab oʻquvchilarining ota-onalariga 175 mingga yaqin ogohlantirishlar yuborildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2022-yil oktyabr oyida separatizmni toʻxtatish uchun Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi farmonni imzolaganini aytdi.
Telegram`da kanallarga sovgʻalar ulashish imkoniyati paydo boʻldi. Kolleksiya sovgʻalaridan endi emoji maqomlari sifatida foydalanish mumkin. Hadya miltillovchi yulduzlar bilan oʻralgan boʻladi va uning foni va naqshlari profil emojilarining rangi va foniga aylanadi.
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Shavkat Mirziyoyev u bilan Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” kurort majmuasida norasmiy uchrashuv oʻtkazdi.
AQSH yetakchisi Donald Trampning taʼkidlashicha, AQSH tez orada ancha yirik davlatga aylanishi mumkin. Trampning soʻzlariga koʻra, Kanada AQSHga toʻliq qaram va suveren davlat boʻla olmaydi.