AQSHdan deportatsiya qilingan yana bir guruh fuqarolar O‘zbekistonga qaytariladi

Oʻzbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Xalqaro taʼlim kuni arafasida UNICEF, UNESCO, UNDP, IHRT, Jahon banki va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uzunligi 23,8 km boʻlgan yangi temiryoʻl Toshkentni Parkent bilan bogʻlaydi. Loyiha doirasida koʻpriklar, tunnellar va yoʻl oʻtkazgichlarni qurish rejalashtirilgan. Loyihaning amalga oshirilishi Parkentning togʻli hududlariga sayyohlarni jalb qilishi kutilmoqda. Qurilishni yakunlash muddati hozircha maʼlum emas.
Jahon banki hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotining oʻsishi 2024-yilda 6 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2025 va 2026-yillarda mos ravishda 5,8 va 5,9 foiz darajasida boʻlishi prognoz qilinmoqda. Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy oʻsishning sekinlashuvi fonida Oʻzbekiston inflyatsiya, iqlim oʻzgarishi va geosiyosiy beqarorlik kabi global xavf-xatarlarga qaramay, barqaror koʻrsatkichlarni saqlab qolmoqda.
Ikkita zaharli ilon maktabgacha taʼlim muassasasiga chiqishlar dasturida koʻrsatilmagan holda olib kelingan. Ekologiya vazirligi bu hayvonot dunyosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunning buzilishi ekanini maʼlum qildi. Ish materiallari sud muhokamasiga topshirilgan.
Rossiya sudi Google`ga YouTube`dagi telekanallarning akkauntlariga kirishni tiklash yoki har hafta ikki baravar koʻpayib, astronomik summaga yetgan jarimani toʻlashga majbur qildi. Biroq Britaniya sudi jarima xalqaro huquq normalariga zidligini aytib, kompaniya tarafini oldi.
39 kishini oʻldirishda va 79 nafar fuqaroning hayotiga suiqasd qilishda aybdor deb topilgan Oʻzbekiston fuqarosi Abdulgodir Masharipov ogʻirlashtiruvchi holatlar bilan 40 umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. “Islom davlati” terrorchilik guruhi masʼuliyatni oʻz zimmasiga olgan terakt 2017-yil Yangi yil kechasida Istanbulda sodir boʻlgan.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida (JIF) soʻzga chiqib, iqlim inqirozi va sunʼiy intellektning jadal rivojlanishi yuqori darajadagi eʼtiborni talab qilishini taʼkidladi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi “Toshkent — Xoʻjakent” elektropoyezdi yoʻnalishi Chinorkent stansiyasigacha uzaytirilishini maʼlum qildi. Yangi stansiyada uzunligi 150 metr boʻlgan ayvonli perron qurildi.
Qarshi shahridagi 23-maktab direktori maktab formasini sotib olish uchun pul yigʻishga qaror qildi. Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi taʼlim muassasasiga tekshiruv bilan kelib, qoidabuzarlikni tasdiqladi. Direktorga ish haqining 25 foizi miqdorida intizomiy jarima belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi. 2024-yil 20-iyun kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida davlat rahbari har bir hududda texnika oliygohi va ilgʻor muhandislik maktablari tashkil qilish vazifasini qoʻygandi. Hozirga qadar Termiz, Andijon va Qarshi shaharlarida texnika universitetlari, 8 ta muhandislik maktabi ochilgan.
2019-yildan buyon Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti rossiyalik pedagoglar, shu jumladan Oʻzbekistonning eng chekka hududlaridan kelgan mutaxassislar uchun bepul malaka oshirmoqda. 2024-yilda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan mehnat muhojirlari uchun rus tili boʻyicha test sinovlari qayta tiklandi.
Qirgʻiziston poytaxtni Bishkekdan yangi Asman shahriga koʻchirishni taklif qildi. Deputat Bakitbek Maripov poytaxtning koʻchirilishi Bishkekdagi tirbandlik va havo ifloslanishi muammosini hal qilishga yordam berishiga ishonadi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi ayrim dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazishning yangi soddalashtirilgan tartibini tasdiqladi. Yangi tartib Yevropa Ittifoqi va YOIIdan generiklar, galen preparatlari va monopreparatlarni klinik tadqiqotlar oʻtkazmasdan roʻyxatdan oʻtkazish imkonini beradi. Qaror ekspert kengashlarining tavsiyalari va ekvivalentlik yoki uzoq muddatli xavfsizlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida qabul qilinadi.
Oʻzbekiston universitetlari Times Higher Education jahon reytingiga kiritildi. Toshkent irrigatsiya muhandislari instituti tabiiy fanlar yoʻnalishida 301-400 va muhandislik fanlari boʻyicha 501-600 oʻrinlar orasida joy oldi. Oʻzbekiston Milliy universiteti 601-800 toifasiga, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti esa IT yoʻnalishi boʻyicha 1001+ guruhiga kiritildi.
Sadir Japarov jamoat joylarida yuzni berkitadigan kiyimlarni kiyishni cheklovchi qonunni imzoladi. Kasbiy va tibbiy holatlar bundan mustasno. Shuningdek, dinga jalb qilish maqsadida uylarga tashrif buyurish — “daavat” ham taqiqlandi, biroq bu amaliyot ommaviy yigʻilish joylarida hamon ruxsat berilgan.
Prezident farmoniga koʻra, jinoyatchilik darajasi yuqori boʻlgan hududlarda huquqbuzarliklarga qarshi kurashish uchun yangi tuzilmalar tashkil etiladi. Ularning tarkibiga ayollar masalalari boʻyicha inspektorlar, probatsiya inspektorlari, shuningdek, mehnat migrantlari, maktab oʻquvchilari va talabalar bilan ishlaydigan kichik profilaktika inspektorlari kiradi.
Oʻzbekistonda mahkumlar maxsus roʻyxatdagi kitoblarni oʻqib, imtihon topshirish orqali qamoq muddatini qisqartirishlari mumkin. Har bir kitob uchun jazoni uch kunga, lekin yiliga 30 kundan koʻp boʻlmagan muddatga qisqartirish taklif etilmoqda. Deputatlar qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlab, uning mahkumlarni axloqan tuzatishdagi ahamiyatini qayd etdi.
Toshkentda advokat va uning sherigi qoʻlga olindi. Maʼlum qilinishicha, ular hukmni 10 yildan 6 yilga qisqartirishga erishish vaʼdasi uchun 20 ming dollar soʻragan. Pulni prokuratura organlaridagi tanishlar orqali berish rejalashtirilgandi.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Andrey Belousovni qabul qildi. Shuningdek, uchrashuv davomida Rossiya va Oʻzbekiston mudofaa idoralari rahbarlari Toshkentda strategik bitimni imzoladi. Hujjatlarda harbiy sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, 2025-yilga moʻljallangan reja doirasida 50 ta qoʻshma tadbirni amalga oshirish nazarda tutilgan.
AQSH prezidenti Donald Tramp “Stargate” loyihasi yaratilishini eʼlon qildi. Bu sunʼiy intellektni rivojlantirish bilan shugʻullanadigan kompaniya. OpenAI, SoftBank va Oracle kabi yirik oʻyinchilar allaqachon ulangan. Budjet $500 mlrdni tashkil etadi.
Isroil qurolli kuchlari qoʻmondoni general-mayor Gersi Xalevi HAMASning mamlakat janubiga qonli hujumiga olib kelgan holatlarni tekshirish natijasida oʻz lavozimini tark etishini eʼlon qildi.
Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Saudiyaning Al Arkan kompaniyasi direktori bilan uchrashdi. Tomonlar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida xavfsizlik va gigiyenani taʼminlashga qaratilgan dasturni ishlab chiqishni muhokama qildi.
Srechko Katanes Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Katanes sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli tegishli qaror qabul qildi.
Prezident farmoni bilan Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Ilgari Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Belousov Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash, shuningdek, Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni muhokama qiladi.
Oʻzbekistonda yangi davlat universiteti — Cyber university ochilishi rejalashtirilgan. Universitet IT sohasida mutaxassislar tayyorlash maydoniga aylanadi.
2025-yildan boshlab eBay Oʻzbekiston soliq tizimida “internet-kompaniyalarning QQS idorasi” orqali rasmiy roʻyxatdan oʻtgan. Endilikda marketpleys Netflix, Google, Apple va boshqa kompaniyalarni oʻz ichiga olgan 27 ta xorijiy elektron xizmat provayderlari roʻyxatiga kirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 198 mamlakati bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlamoqda. 2024-yilda savdo hajmi $12,5 mlrd boʻlgan Xitoy va 11,6 milliard dollar boʻlgan Rossiya asosiy savdo hamkorlari boʻldi. Qozogʻiston, Turkiya va Koreya eng yirik hamkorlarning beshtasini yakunlamoqda.
Milliarderlar soni 2024-yilda rekord darajaga yetdi, ularning umumiy boyligi esa 2 trillion dollarga oshdi. Shu bilan birga, qashshoqlik avvalgi darajada qolmoqda va global tengsizlik monopoliyalar va meros qilib qoldiriladigan kapitalning ta’siri ortib borayotganini ta’kidlab, chuqurlashishda davom etmoqda.
2025-yil 1-fevraldan boshlab Haj yoki Umra ziyoratini amalga oshirishni rejalashtirganlar emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etishlari shart. Vaksinalarning uch turiga yoʻl qoʻyiladi va bir yoshgacha boʻlgan bolalarga emlash talab etilmaydi. Saudiya Arabistoni Sogʻliqni saqlash vazirligi safarga chiqishdan kamida 10 kun oldin emlashni tavsiya qiladi.