Toshkentda qishga tayyorgarlik bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi
5-avgust kuni Ko‘kdala tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in va portlash sodir bo‘ldi.Avtosisterna haydovchisi yengil kuyish jarohatini oldi. Voqea joyida viloyat va tuman FVB boshliqlari ishlamoqda.
Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi YandexGo UB`dan Uzum Market shikoyat qilgan reklama roligini olib tashlashni talab qildi.
6 avgustda Toshkentda kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda 28° gacha, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda shamol kuchayadi.
AQSH transport vaziri Shon Daffi Yer sun’iy yo‘ldoshida yadroviy reaktor qurish dasturini tezlashtirish rejalarini e’lon qilmoqchi. NASA reaktor qurish uchun pudratchi qidirishni boshlashi mumkin.
Deputatlar bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Loyihada vasiy, homiy yoki tutingan ota-ona majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun ilgari vasiy, homiy yoki tutingan ota-ona majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan fuqarolarni farzandlikka olish huquqidan mahrum etish taklif qilinmoqda.
5-avgust kuni O‘zbekiston aholisi epitsentri Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzilani his qildi. 4 ballgacha bo‘lgan silkinishlar Farg‘ona vodiysida qayd etildi. Toshkent aholisi ham yer silkinishini sezgan, biroq Respublika seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotlarida uning kuchi aks etmagan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasi doirasida O‘zbekiston prezidenti tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Xususan, Markaziy Osiyoda integratsiyani chuqurlashtirish, Afg‘onistonni mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
5-avgust kuni Samarqand viloyatining Payariq, Toyloq, Urgut tumanlarida hokimlar tayinlovi bo‘lib o‘tdi.
O‘zgidromet: 2025-yil iyul oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq bo‘ldi. Shuningdek, yog‘ingarchilik kam bo‘lgan to‘rtinchi oy bo‘ldi.
5-avgust kuni Quyoshda quvvatning so‘nggi sinfidan oldingi to‘rtinchi chaqnash qayd etildi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkentda poytaxt kompaniyasi rahbariga bojxona rasmiylashtiruvida yordam berishni va’da qilgan soxta DXX xodimini fosh qildi. Uni qo‘lga olishdi va ish qo‘zg‘atishdi. Tergov olib borilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasi doirasida tashkilot shafeligida Tranzit kafolatlari to‘g‘risidagi global bitimni ishlab chiqishni taklif qildi. Konferensiya yakunida Avaza siyosiy deklaratsiyasi qabul qilindi.
BMTning Avaza shahridagi konferensiyasi doirasida Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning “Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ordeni bilan taqdirlandi. O‘zbekiston prezidenti ushbu mukofotni O‘zbekistonga, uning ko‘p millatli xalqiga alohida e’tibor va hurmat ifodasi sifatida qabul qildi.
Qonunchilik palatasining majlisida “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Xususan, hujjatda renovatsiya ixtiyoriylik prinsipiga asoslanishi, shuningdek, hech kim ushbu jarayonda ishtirok etishga majburlanmasligi belgilangan.
“Adolatli Rossiya” rahbari qonunni buzgan muhojirlarni jalb qilish va ularning oilalarini deportatsiya qilishni taklif qildi. Uning fikricha, Rossiya Federatsiyasida ham xorijliklarning majburiy biometrik nazorati zarur.
So‘nggi paytlarda “А.У.Е.” taqiqlangan harakati yoshlar va mehnat muhojirlari orasida tarqalmoqda. DXX fuqarolarni hushyorlikka chaqirdi, shuningdek, mavjud javobgarlik haqida eslatdi.
Marhamat tumanidagi 42-maktab o‘qituvchilari ixtiyoriy ravishda hasharga chiqib, xonalardan birini bo‘yashga qaror qilishdi. Mas’ul idoralar o‘rganib chiqqach, pedagoglarning o‘z vazifasiga kirmaydigan ishlarda ishtirok etishini nazorat qilmagani uchun muassasa direktori jarimaga tortilib, ishdan olindi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-16 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° atrofida bo‘ladi.
2-avgust kuni poytaxtning Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan YTHda skuter haydovchisi halok bo‘ldi. Skuter, yengil avtomobil va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi.
Sirdaryo viloyatida Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi gaz quyish shoxobchalarida sodir bo‘lgan yong‘in va portlashdan so‘ng yoqilg‘i quyish shoxobchalari bo‘ylab reyd o‘tkazildi. Tekshiruvlar natijasida to‘rtta stansiya vaqtincha yopildi.
O‘zbekistonda rasman band bo‘lgan kambag‘al oilalar reyestridagi yolg‘iz onalar va otalarga maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanish uchun moddiy yordam to‘lash tartibi tasdiqlandi.
O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Oybek Usmonov savdo hajmini 2 mlrd dollargacha oshirishga tayyorligini tasdiqladi. Tomonlar 20 mln dollarlik kelishuvlarni imzoladi.
O‘zbekistonlik olimlar Seul universiteti olimlari bilan birgalikda batatning yangi navini yaratdi va unga “Chuchuk” deb nom berdi.
O‘zbekiston prezidenti BMTning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Turkmanistonga tashrif buyuradi.
4-avgust kuni ertalab Quyoshda M2.1 va M1.4 — oxirgisidan oldingi quvvat sinfidagi ikkita chaqnash qayd etildi.
Portugaliyaning materik qismida jazirama issiq va o‘rmon yong‘inlari xavfi yuqori bo‘lgani sababli favqulodda holat e’lon qilindi. Aksariyat hududlarda noqulay ob-havo sharoiti to‘g‘risida “qizil ogohlantirish” amal qiladi.
Prezident Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi negizida Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga tashrifi doirasida mahsulotlarni ilgari surish bo‘yicha qator muzokaralar o‘tkazildi. Xususan, Amazon va Walmart kabi yirik marketpleyslarda tovarlarni joylashtirish, yetakchi chakana savdo tarmoqlariga chiqish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, O‘zbekistonga GSM-102 dasturi orqali Amerika paxtasini yetkazib berish masalasi ham muhokama qilindi.
Furqat tumanida radikallar ta’siriga tushib qolib, Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga olindi va sud qilindi. Shuningdek, u yaqinlari va sinfdoshlarini terrorchilarga qo‘shilishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan. U olti yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.
Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi, unga ko‘ra davlat organlari binolariga tutash hududlardan mavsumiy savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish uchun foydalanish mumkin bo‘ladi.