Toshkentda “Jadal rivojlanish va aholi daromadlari o‘sishi” yili e’lon qilindi
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-33° bo‘ladi.
BAA Ichki ishlar vazirligi O‘zbekistonni milliy haydovchilik guvohnomasi asosida mamlakat hududida avtomobil boshqarishi mumkin bo‘lgan mamlakatlarning yangilangan ro‘yxatiga kiritdi.
Rossiyaning sobiq bosh sanitariya shifokori Gennadiy Onishenko migrantlarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va emlash tashabbusi bilan chiqdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda prokuratura zo‘rlangan qizning hayotini saqlab qolgan shifokorga qarshi ish qo‘zg‘atmoqchi ekani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Bosh prokuratura holatni rad etdi.
O‘zbekiston Henley & Partners jahon pasportlari reytingida 99 ta davlat ichida 74-o‘rinni egalladi. Fuqarolar 62 mamlakatga vizasiz yoki vizani olib borishlari mumkin.
23-iyul kuni Farg‘onada Nexia daraxtga borib urildi, bir kishi halok bo‘ldi. Haydovchi quvib o‘tish qoidalarini buzdi. Yana bir kishi kasalxonada.
Podstansiyalarda ortiqcha yuklanishning oldini olish uchun majburiy quvvat cheklovlari joriy etilmoqda.
Rossiya va O‘zbekiston Transport vazirliklari mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini uch barobar oshirishga kelishib oldi.
2026-yil 1-yanvardan majburiy avtosug‘urta bo‘yicha sug‘urta summasi ikki baravarga oshirilib, 80 mln so‘mgacha yetkaziladi. Bu tartib yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlangan shaxslarning mol-mulkiga, hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga yo‘naltiriladigan mablag‘larning zamon talablariga mos bo‘lishiga xizmat qilishi lozim.
Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, yer qa’ridan foydalanishdagi qoidabuzarlik haqida xabar bergan fuqarolarga haq to‘lanadi. Bunda foto va video materiallarda huquqbuzarlik fakti, huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, sana va vaqt ko‘rsatilishi kerak.
XXR Raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, maktub yo‘lladi. Xitoy yetakchisi mustahkam sog‘lik va farovonlik tiladi.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” poytaxt aholisining elektr ta’minotidagi davriy uzilishlar haqidagi munozaralariga munosabat bildirdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, uzilishlar issiqning kuchayishi va elektr energiyasi iste’molining ortishi bilan bog‘liq.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Rossiya yetakchisi O‘zbekiston rahbarining xalq orasida va xalqaro maydonda yuksak obro‘-e’tiborga ega ekanini qayd etdi.
Yunusobod tuman sudi 2025-yil aprel oyida bankni o‘yinchoq to‘pponcha bilan o‘marmoqchi bo‘lgan erkakni besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ayblov tomoni jinoyatchiga to‘qqiz yil qamoq jazosi berishni so‘radi.
O‘zgidromet: 24-iyul kuni Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 38-40° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 32° gacha, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda shamol kuchayadi.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati neftni qayta ishlash obektlaridan birining yotoqxonasida terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Erkak Afg‘onistonga borib, terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanida sobiq harbiy gospital hududida qurilish boshlangani va bu joyda daraxtlar kamayib ketgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ekopartiya deputati mazkur masala yuzasidan Bosh prokuratura va Ekologiya vaziriga so‘rov yubordi.
Namangan viloyatida sigir bolaga hujum qildi, shuningdek, boshqa guvohlar kabi hayvonni tinchlantirishga uringan onasiga jarohat yetkazdi.
“Surgil” konining tabiiy gazi bosimini oshirish va keyinchalik Ustyurt gaz-kimyo majmuasiga qayta ishlashga uzatish uchun mo‘ljallangan “Surgil” siquv kompressor stansiyasining qurilish ishlari yakunlandi.
Oq uy Afg‘onistondan kelgan 250 mingdan ortiq kishiga yordam ko‘rsatish uchun yaratilgan dasturlarni bekor qiladi.
23-iyul kuni Yashnobod tumanining bir qator joylarida podstansiyalardagi ortiqcha yuklama tufayli elektr ta’minoti uzildi. Iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda do‘kon egasi qarzlari uchun ayolni urayotgani aks etgan videolar paydo bo‘ldi. Prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Toshkent viloyatida bir necha kishi 15 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda. Jabrlanuvchi dahshatli jarohatlar bilan kasalxonada yotibdi. Mazkur holat prokuratura, Bolalar ombudsmani va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nazoratga olingan.
Sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari O‘zbekiston fuqarolarini issiq ob-havo tufayli allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Aholiga kunduzi xonadan chiqmaslik va soyada qolish tavsiya etildi.
IIV tizim pensionerlarini mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlariga jalb etishni taklif qildi. Profilaktika ishlariga jalb etilganlarga pensiya miqdorining 100 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.
O‘zbekiston DXX rahbari general-polkovnik Bahodir Qurbonov Kobulda Razvedka xizmati boshlig‘i Abdul Haq Vosiq bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar hamkorlik, shuningdek, O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasi daxlsizligini ta’minlash va terrorizmga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi.
Qandahorda bolalar o‘yinchoqlarini sotish taqiqlandi. Afg‘oniston Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi bir qator o‘yinchoqlar, jumladan, qo‘g‘irchoqlar savdosini harom deb tan oldi.
HOWO yuk mashinasi Toshkent viloyatida Gentra va Cobalt o‘rtasida sodir bo‘lgan YTH joyida ish olib borayotgan YPX inspektorlari mashinasini urib yuborgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar qutulib qoldi. Ikkita avariya bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyatida jarrohlik bo‘limi boshlig‘i og‘ir tashxis qo‘yilgan bemorning sog‘ oyog‘ini kesib tashladi. Oradan bir necha kun o‘tgach, u vafot etdi. Shifokor to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Mast erkak Moskvadan Toshkentga uchayotgan reys yo‘lovchisiga tegajog‘lik qilgan. Sudda u mastlik tufayli o‘z xatti-harakatlarini anglamaganini aytdi.