Toshkentda “Jadal rivojlanish va aholi daromadlari o‘sishi” yili e’lon qilindi
23-iyul kuni poytaxtning beshta tumanida elektr ta’minoti uzildi. Elektr ta’minoti to‘xtatilishiga rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari sabab bo‘ldi.
O‘zgidromet: Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 38-40° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 33° gacha, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda shamol kuchayadi.
MeteoAgent portali 23-iyul kuni magnit bo‘roni 5 ball bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qildi. Ekspertlar hodisani “qizil” sinfga kiritdi, ba’zilar o‘zini yomon his qilishi mumkin.
O‘zbekistonda birinchi marta yozgi elektr energiyasi iste’moli qishki iste’moldan oshdi. Shuningdek, kunlik iste’mol bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatildi.
Iqtisodiyot vazirligi avtomobilni boshqarish uchun ishonchnomaga ishonchli shaxsga avtomobilni chet elga olib chiqishga ruxsat beruvchi yangi band kiritishni taklif qildi.
Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida “turizm megaloyihasi” paydo bo‘ladi. Taqdimotda daryoning 12 kilometrlik qirg‘oq qismida “barcha turizm yo‘nalishlari”ni rivojlantirish imkoniyatlari qayd etildi.
20-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida ikki avtomobil va bir piyoda ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Tracker haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgan, u voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qonunchilik palatasida lazer nurlantirgichlarining noqonuniy aylanmasi uchun javobgarlik belgilovchi o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Pora bilan qo‘lga olingan Sharof Rashidov tumani hokimi Mahmud Xolbo‘tayev nomidan budjetdan pul ajratish bo‘yicha bir nechta qarorlar imzolandi. Tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Kontrabandachilar O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida yangi tunnel qazib, undan neft mahsulotlarini o‘tkazish uchun foydalangan. Hozirda tergov harakatlari yakunlanib, ish sudga yuborilgan.
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov yo‘lga metall to‘siqlar o‘rnatish loyihasini moliyalashtirishni ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Endi bu ishlarga qariyb 7 mlrd so‘m sarflanadi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali shifokori mast holatda bemorga tegajog‘lik qilgan. Sudda u qilgan ishidan pushaymon bo‘lib, uzr so‘radi.
21-iyul kuni poytaxtning Yunusobod tumanida bir yigit 9-qavatdan sakrab tushdi. U og‘ir jarohat olgan va hozirda shifoxonada. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, ma’lum bo‘lishicha, u psixiatr ko‘rigida bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev 22-iyul kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari ijtimoiy va sanoat sohalaridagi ishlar hamda yangi ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishishni rejalashtirgan.
Veolia Energy kompaniyasi avariya tufayli poytaxtning bir qator mavzelarida soat 18:00 gacha issiq suv ta’minoti to‘xtatilganini ma’lum qildi. Avariya brigadasi aholini ta’minlashni tiklash uchun kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.
Prezident neft-gaz sohasida xorijiy sheriklar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.Shu bilan birga, davlatimiz rahbari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi. Mutasaddilarga infratuzilmani izchil yangilab, barqaror elektr ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
O‘zgidromet: poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 40-42° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-36° bo‘ladi.
Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov Toshkent shahrining har bir tumanida daraxt ko‘chatlarini ekish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Vazifa tuman hokimliklariga yuklatildi.
2025-yil oxirigacha “O‘zbekneftgaz” yuqori oktanli avtomobil benzini (AI-92) ishlab chiqarish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda. AI-80 markasini ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtatish sentyabr oyiga mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Migratsiya agentligi va Makedoniyaning Kouzon Corporation kompaniyasi kruiz kompaniyalari bilan hamkorlikda mehnat faoliyatini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy diplomatik korpus rotatsiyasi doirasida O‘zbekistondagi elchisini almashtirdi.
Novosibirsk viloyatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi giyohvand moddalar savdosi bo‘yicha sudlandi. Sud ularning har biriga 9 yil-u 6 oydan qattiq tartibli koloniyaga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Afg‘oniston poytaxtida hijob kiyish talablariga rioya qilmagan ayollar ommaviy hibsga olindi. 2024-yil avgust oyidan kuchga kirgan “Fazilat va illatlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, ayollar jamoat joylarida yuzi va tanasini to‘liq yopib yurishi shart.
O‘zgidromet: hafta davomida issiq ob-havo kuchayadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zon bilan kuchayadi.
Urumchi shahrida o‘tkazilgan turnirda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi snayperlar jamoasi ikkita mashqda rekord natija ko‘rsatib, birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, eng murakkab yo‘nalishlarda g‘alaba qozongan jamoa sifatida musobaqalar kubogi sohibiga aylandi.
Senator Orzigul Qozixonova O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatovga qator muammolar, xususan, piyodalar ko‘prigi va 30 yildan beri almashtirilmagan mahalliy transformator bilan bog‘liq muammolar yuzasidan parlament so‘rovi yubordi.
19-iyul kuni Navoiyda aholi nafas olish qiyin bo‘lgan noma’lum tumanlikdan shikoyat qildi. Fuqarolar “Navoiyazot” zavodi ustidan shikoyat qilgan, biroq kompaniya ayblovlarni rad etgan. Ekologlar havo sifatini tekshirib, korxonaga tekshiruv yuborishga va’da berishdi.
Prezident Ilhom Aliyev AZAL samolyoti bilan bog‘liq hodisa yuzasidan Rossiyaga qarshi xalqaro sudlarga taqdim etish uchun hujjatlar tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, yetti oy davomida Rossiya tomonidan birorta ham aniq javob olinmagan.
20-iyul kuni poytaxtning Uchtepa tumanida 64-sonli avtobus yonib ketdi. Transport o‘t o‘chiruvchilar yetib kelganidan uch daqiqa o‘tib o‘chirilgan, biroq undan faqat qoldiq qolgan.
21-iyulga o‘tar kechasi Olmazor tumanidagi omborxonada joylashgan rezervuardan ochiq atmosferaga vodorod peroksidi moddasi sizib chiqqan. Favqulodda vaziyatlar xodimlari sizib chiqishni tezda bartaraf etishdi.