Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Stubb bilan telefon orqali muloqot qildi

“Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yonida barpo etilgan zamonaviy mehmonxona majmuasini borib ko‘rdi. 8 gektardan ziyod maydonda 12 ta zamonaviy mehmonxona, 375 o‘rinli “Yangi Toshkent” anjumanlar zali, 310 o‘rinli restoran, sog‘lomlashtirish markazi, ochiq sport maydonchasi barpo etildi.
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida ikki kun avval bedarak yo‘qolgan bolaning jasadi topildi. Tuman prokuraturasi xodimlari tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Toshkentning Olmazor tumanidagi Hastimom majmuasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi yonib ketdi. Tomdagi qurilish materiallari yonib ketgan, yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida yuqori bosimli gaz quvuri shikastlanishi oqibatida 10 mingdan ortiq iste’molchi gazsiz qoldi. Ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida gaz o‘chiriladi. O‘nlab iste’molchilar ta’minotsiz qoladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-26° bo‘ladi.
Xitoyning Poly Changa kompaniyasi Taxtakoracha dovonida yangi tonnel qurish loyihasiga qiziqish bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilgan Olimpiya shaharchasini borib ko‘rdi. Futbol, voleybol, tennis, chim ustida xokkey va yengil atletika bo‘yicha 15 ta ochiq maydoncha barpo etildi. Paralimpiyachilar uchun 400 o‘rinli yotoqxona, Sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi qurilishi yakunlanmoqda.
Markaziy bank valyuta kurslarini yangiladi. Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, barcha valyutalar narxi tushib ketgan.
Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning ma’lum qilishicha, 2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymati o‘tgan yilgi darajada qoladi.
Havo transporti orqali Mo‘g‘ulistondan 1000 bosh “Bayad” zotli qo‘ylarning yangi partiyasi olib kelindi. Hayvonlar Mo‘g‘ulistondan Navoiy va Buxoro viloyatlarida ko‘paytirish uchun olib kelingan.
O‘zbekistonda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim toifadagi oilalarga ichimlik suvi ta’minoti xarajatlarini qoplash uchun subsidiyalar ajratish tartibi tasdiqlandi.
Polsha avtomobil sanoati assotsiatsiyasi prezidenti Yakub Faris va “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Davron Hidoyatov o‘rtasida onlayn muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldi.
O‘zbekistonning 5 ta tumani va shahri Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Qashqar okrugi shahar va uyezdlari bilan yangi birodarlik munosabatlarini o‘rnatdi.
O‘zbekistonda falastinlik bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslarni mamlakatdagi hayotga moslashtirish jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzildi.
“Adolatli Rossiya — haqiqat uchun” partiyasi rahbari Sergey Mironov mehnat muhojirlariga oilalarini Rossiyaga olib kelishni taqiqlashni taklif qildi. Shu tariqa, u o‘quv yili boshlanishi arafasida migrantlar uchun ommabop bo‘lgan hududlarda bolalar bog‘chalari va maktablarda o‘rinlar yetishmovchiligiga munosabat bildirdi.
22–23-avgust kunlari O‘zbekistonda “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq hashari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Afg‘onistonda ikkita elektr uzatish liniyasi va ikkita yangi podstansiya qurilishiga 243 million dollar sarmoya kiritadi, loyihalar amalga oshirilgandan so‘ng O‘zbekiston Afg‘onistonga 800-1000 MVt elektr energiyasini eksport qilishi mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston prezidenti 49 nafar biznes vakilini orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Toshkentning Yashnobod tumani aholisi kechgacha qisman gazsiz qoldi.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot qilib, Vladimir Putin va Donald Tramp sammiti yakunlarini muhokama qildi. Davlat rahbarlari uchrashuvni foydali va samarali deb atashgan bo‘lsa-da, erishilgan kelishuvlar haqida ochiq e’lon qilishmadi.
18-avgustda O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, faqat sharqda va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Toshkentning Chilonzor tumanida 17-avgustga o‘tar kechasi elektr ta’minoti qisman o‘chiriladi. Iste’molchilar bir necha soat davomida elektr ta’minotisiz qoladi.
Turkiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fotih Terim O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishi mumkin. 71 yoshli mutaxassis taklifni ko‘rib chiqish uchun vaqt so‘radi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston pensiya stajini o‘zaro tan olishga kelishib oldi. Bitim ikki mamlakat fuqarolariga sug‘urta va davlat pensiyalariga teng huquqlarni ta’minlashga yordam beradi.
O‘zbekistonda yangi qonun kuchga kirdi, unga ko‘ra jinoyat ishlari bo‘yicha o‘tayotgan fuqarolarga mamlakatdan chiqishni vaqtincha taqiqlash joriy etildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida parvozlarning ruxsat etilgan chastotasi haftasiga 238 ta reysni tashkil etadi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-26° bo‘ladi.
Germaniya Yevropa fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.